1447 йил 17 зулқаъда | 2026 йил 04 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ajoyib tush

15:00 / 28.02.2019 6370 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

1 

Yusuf kichkina bola edi. Uning o‘n bir akasi bor edi. Yusuf chiroyli bola edi. Yusuf ziyrak bola edi. Uning otasi Ya’qub hamma inilari orasida uni ko‘proq yaxshi ko‘rar edi. Kechalarning birida Yusuf ajoyib tush ko‘rdi. Tushida o‘n bitta yulduz, quyosh va oyning unga sajda qilayotganini ko‘rdi. Kichik Yusuf bundan ko‘p taajjublandi. Bu tushning (ta’birini) tushunmadi. Qanday qilib yulduzlar, quyosh va oyga sajda qiladi?

Kichik Yusuf otasining oldiga bordi va ko‘rgan ajoyib tushi haqida gapirib berdi.

“Ey otajonim, men o‘n bitta yulduzni, quyosh va oyni ko‘rdim, ularning menga sajda qilayotganlarini ko‘rdim” (Yusuf surasi, 4-oyat).

Uning otasi Ya’qub payg‘ambar edi. Ya’qub bu tushdan ko‘p xursand bo‘ldi.

“Ey Yasuf! Borakalloh (Alloh seni barakotli qilsin), seni sha’ning ulug‘ bo‘ladi”, dedi. “Bu tush ilm va nubuvvat bashoratidir. Alloh uni sening bobong Ishoqqa ham, bobong Ibrohimga ham in’om etgan. Albatta U senga ham, Ya’qub avlodlariga ham in’om etadi”.

Ya’qub keksa kishi edi, u odamlarning tabiatini yaxshi bilar edi. U shayton qanday mag‘lub bo‘lishini ham bilar edi. Shayton odam bilan qanday o‘ynashishini ham bilar edi. U: “Ey bolam! Bu tushni inilaringdan birortasiga ham aytma, chunki ular senga hasad qilib, dushmanga aylanishlari mumkin”, dedi.

Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Solih, qavmi oldida turib, ovozi boricha .Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q,, Aaposrof surasi, 62oyat dedi. Boylar yebichish va befoyda, o`yinkulguda edi. Butlarga ibodat qilib, ulardan boshqani iloh deb bilmasdilar. Solihning daaposvati ularni ajablantirmadi.Samud давоми...

3751 16:00 / 03.04.2021
Misr taxtiga Bani Isroilni haddan ziyod yomon ko`ruvchi Misr firaposavnlari yaaposni, podshohlari kelishdi. Misr taxtiga o`ta zolim bir kishi bo`lib, bani Isroilning payg`ambarlar avlodidan ekanini hamda ularning ulug` Misr shohi Yusuf alayhissalomga qondoshligini tan olmasdi. Hatto ularga rahmat давоми...

7247 16:00 / 25.07.2021
Assalomu alaykum, men ozimni sizlarga qanday qilib tanishtirsam ekana Sizlarning kopchiligingiz meni kormagansiz. Meni Arab diyorlarida Zab deb atashadi. Asosan sahrolarning qum barxanlari orasida yashayman. Ikkinchi nomim ham bor ndash Qumbaliq. Korinishim baliqqa oxshasa kerakda, shuning uchun давоми...

3494 09:57 / 23.10.2023
Ey, farzandBoylikka havas qalbni qattiqlashtiradi.Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.Sabrli faqir, din jihatidan boydir. Qirq kun ilmiga amal etguvchi olimlar majlisida davomli qatnashgan kishining qalbi nurlanadi. Chunki ilm ndash qalb jilosidir,.Alloh bir kishiga давоми...

4037 11:39 / 02.01.2019
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021