1447 йил 17 зулқаъда | 2026 йил 04 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ya’qubning huzurida

18:30 / 14.06.2019 2757 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

21

Akalar otalarining oldiga qanday qilib qaytib boramiz, deb hayron bo‘ldilar.

Ular otalariga nima deb aytishni o‘yladilar.

Ular kechagina otalarini Yusuf xususida baxtsiz qilgan edilar. Endi bugun uni Binyamin bilan baxtsiz qiladilarmi?

Katta akalari Ya’qubning oldiga borishdan bosh tortib, inilariga: «Otangizning oldiga qaytinglar, bas, unga: «Ey otamiz, haqiqatda o‘g‘ling o‘g‘rilik qildi. Biz faqat o‘zimiz bilgan narsaga guvohlik berdik, xolos. Biz g‘aybni biluvchi emas edik denglar», dedi.

Ya’qub bu voqeani eshitgach, bunda Allohning «qo‘li» borligini va Alloh uni imtihon qilayotganini bildi. Kecha Yusuf bilan sinagan edi, bugun esa Binyamin bilan sinamoqda.

Albatta, Alloh unga ikki musibatni jamlamaydi. Albatta Alloh uni ikki o‘g‘li xususida baxtsiz qilmaydi. Albatta, Alloh uni Yusuf va Binyamindek ikki o‘g‘li bilan bebaxt qilmaydi.

Albatta, bu ishda Allohning yashirin qo‘li bor edi.

Albatta, bu ishda Allohning yashirincha hikmati bor edi.

Albatta Alloh bandalarini imtihon qiladi. So‘ngra ularni xursand qilib, ularga ne’mat ato qiladi.

Keyin katta o‘g‘il Misrda qolib, Kan’onga qaytishdan bosh tortdi. Endi uchinchi farzandida ham qiynaladimi? Bundan oldin ikki musibatda qiynalgan edi-ku? Albatta, bu bo‘lmaydi.

Shu erda Ya’qub xotirjam bo‘ldi va: «Shoyadki, Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa. Albatta, Uning O‘zi bilguvchi va hikmatli zotdir», deb aytdi.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
18 Yusuf gap boshlab, ularga shunday dedi Sizlar qaerdansiz Biz Kan`ondanmiz. Otangiz kim Ya`qub ibn Ishoq ibn Ibrohim ularga Allohning salavoti va salomlari bo`lsin. Sizlarning boshqa ukalaringiz ham bormi Ha, bizning yana Binyamin ismli ukamiz bor. U nega sizlar bilan birga kelmadi Otamiz uni давоми...

12804 12:40 / 05.06.2019
Muso va Horun Firaposavn oldiga keldilar. Saroy aaposyonlari davrasida turib, uni haqqa daaposvat qildilar. Muso alayhissalomning bu juraposatini ko`rib Firaposavn g`oyatdarg`azab bo`ldi va oliy va kibr holida Ey yigitcha Sen kim bo`libsanki, mening majlisimda turib menga aql o`rgatasan Sen давоми...

3921 15:00 / 26.12.2021
Muso qizlarnikida katta hurmatizzat ko`rdi. Ular bu g`arib yigitni xuddi o`z farzandlaridek ko`rib izzatikrom qilishdi.Kunlarning birida qiz otasi huzuriga kelib maapossumalik bilan shunday dedi .Ey ota, uni ishga yollagin. Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir,.Chol dedi давоми...

10096 15:00 / 05.12.2021
Ассалому алайкум. Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам мўъжизалари ҳақида ҳикоя қилиш фурсати менга ҳам етиб келганидан жуда хурсандман. Ҳа, бундан бошим давоми...

3696 12:54 / 20.05.2024
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021