1447 йил 18 зулқаъда | 2026 йил 05 май, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sirning oshkor bo‘lishi

15:00 / 19.06.2019 3141 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

22 

Lekin Ya’qub inson edi, uning ko‘ksidagi tosh bo‘lagi emas balki inson yuragi edi.

Unda zarracha (bag‘ri) toshlik yo‘q edi.

U Yusufni eslab, yarasi (mahzunligi) yangilandi: «Oh, Yusuf!!!» dedi.

Shunda o‘g‘illari uni malomat qilib: «Halok bo‘lguningizcha Yusufni zikr qilaverar ekansiz-da?!» deyishdi.

Ya’qub: «Albatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning O‘ziga shikoyat qilmoqdaman va Allohdan siz bilmagan narsani bilaman», dedi.

Ya’qub umidsizlik kufr ekanini bilar edi. Ya’qubning Allohdan umidi katta edi.

Ya’qub bolalarini Yusuf va Binyaminni izlash uchun yuborib, bunda qattiq harakat qilishga chaqirdi. Va ularni Allohning rahmatidan noumid bo‘lishdan qaytardi.

Akalar uchinchi marta Misrga keldilar. Ular Yusufning huzuriga kelib,

kambag‘alliklaridan shikoyat qilib, rahm qilishni so‘radilar.

Shu yerda Yusufning mahzunligi va muhabbati g‘alayonga kelib, o‘zini tiyib ololmadi. Va: «Otamning bolalari, payg‘ambarning bolalari kambag‘allik va musiybatlarini podshohlardan bir podshohga shikoyat qilmoqdalarmi?

Ular haqidagi ish qachongacha maxfiy qoladi?

Ularning ahvolini qachongacha ko‘rib turaman?

Qachongacha otamni ko‘rmayman?

Yusuf o‘zini tiyib tura olmasdan, ularga: «Johillik paytingizda Yusufga va uning inisiga nima qilganlaringizni bilasizlarmi?» dedi.

Akalar bu sirni ularning o‘zlari va Yusufdan boshqa hech kim xabardor emasligini bilardilar. Shunda uning Yusuf ekanini bildilar.

Subhanalloh! Yusuf tirikmi? U quduqda o‘lmaganmi?

Yo tavba! Yusuf Misr hokimimi?

U o‘sha yerdagi xazinalarning ustidagi odammi?

U o‘sha bizga yegulik buyurgan odammi?

Ularda albatta bu gapirayotgan Yusuf ibn Ya’qub ekani xususida hech shubha qolmadi!

«Ular: «E-e, hali sen Yusufmisan?!» dedilar. U: «Men Yusufman, mana bu inim. Alloh bizga marhamat ko‘rsatdi. Haqiqatda kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, go‘zal ish qiluvchilarning ajrini zoe qilmagay», dedi. Ular: «Allohga qasamki, haqiqatda Alloh seni bizdan ustun qildi. Biz esa, xatokorlardan bo‘ldik», dedilar».

Yusuf ularning ishlarini malomat qilmadi. Balki: «Alloh sizlarni mag‘firat qilgay. U rahm qilguvchilarning rahmlirog‘idir», dedi.

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Musoning mehribon onasi Musoning singlisiga dedi Qizim, bor, ukangni qidir, shoyad u tirik bo`lsa. Alloh taolo uni saqlashni va sog`omon qaytarishni menga vaaposda qilgandi.Musoning opasi ukasini daraklab ketdi. Atrofdagilar shoh qasridagi chiroyli go`dak haqida gaplashishardi. Qiz saroy ayollarini давоми...

2798 14:00 / 03.10.2021
12 Yusuf va`z aytishni tugatgach, ularga tushlarining ta`birini aytib berdi. Sizlardan biringiz xo`jasiga xamr soqiyligi qilur. Boshqasi bo`lsa, osilur va qushlar uning boshidan yeydirrdquo.Biriga Xo`jayining huzurida meni esga olrdquo, dedi.Ikkovi chiqib ketishdi, biri podshoh suv tashuvchisi давоми...

33456 17:00 / 05.05.2019
Assalomu alaykum, azizlar. Men sizga ozimni tanishtirishdan oldin bazi bir narsalarni aytib bermoqchi edim. Allohning haq rasuli Muhammad alayhissalom Madinaga hijrat qilganlaridan keyin bu yerda bir masjid qurdirdilar. Masjidning uzunligi yuz gaz, eni qirq gaz edi. Bu muborak binoning tomini давоми...

2427 16:35 / 11.01.2024
Ularga bu kifoya qilmadi, balki toshlarni o`yib uni but sanamga aylantirib, natijada o`sha sanamlarga ibodat qildilar. Toshlarga, xuddi Nuh ummati va Od qavmi ibodat qilganidek ibodat qiladigan bo`ldilar. Alloh ularni toshlar ustidan hukmron qilgan edi, lekin ular johilliklaridan, toshlarning давоми...

3612 18:08 / 21.03.2021
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021