1447 йил 18 зулқаъда | 2026 йил 05 май, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Allohga tavakkal

16:30 / 22.08.2021 5862 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Musoning onasi jajji go‘dagidan qattiq xavotirda edi. Qandoq ham qo‘rqmasinki, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar dushmani qattiq kuzatuvda bo‘lsa! Qanday ham qo‘rqmasinki, mirshab o‘nlab go‘daklarni oilasidagi onalari bag‘ridan yulqib olgan bo‘lsa! 

Chumolidek sezgir, qarg‘adek o‘tkirko‘z jallodlardan bechora ona bolasini qanday qilib saqlab qola oladi? Shu holatda Alloh taolo Musoning bechora onasiga yordam berdi va farzandini sandiqqa solib, Nil daryosiga oqizish ilhomini berdi. 

Allohu akbar! 

Mehribon, mushfiq onaizor qaysi yurak bilan tuqqan bolasini sandiqqa solib daryoga oqizib yuboradi?! Bolani sandiqda kim emizadi?! Sandiq ichida go‘dak qanday nafas oladi?! Bularning barchasi munisa ona ko‘nglidan tavakkul qilib, U bergan ilhomga muvofiq ish tutdi. 

Aslida uy sandiqdan hafsizroq emasdi. Chunki go‘dak ovchilari hamma joyda izg‘ib yurishardi. Go‘daklar dushmani qattiq kuzatuvda edi. Jallodlar chumolidek sezgir, qarg‘adek o‘tkirko‘z edi. 

Bechora ona Alloh amriga bo‘ysunib, emizikli chiroyli bolasini sandiqqa soldi va uni Nilga uloqtirdi. Albatta ona besabrlik qildi. Lekin u parvardigorga tavakkal qilib, sabrli bo‘ldi. 

«Biz Musoning onasiga (Musoni tug‘ib, uni ham Fir'avn odamlari kelib o‘ldirishlaridan qo‘rqib turgan paytda) vahiy qildikki: «Uni emizavergin! Bas, qachon (Fir'avn odamlari o‘g‘il ko‘rganiningni bilishib qolib, uni o‘ldirib ketishlaridan) qo‘rqsang, uni daryoga tashlagin va qo‘rqmagin ham, qayg‘urmagin ham. Zero biz uni senga (ya'ni tirik holda) qaytarguvchidirmiz va uni payg‘ambarlardan qilguvchidirmiz».

 

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
14 Podshoh bu tushning ta`biri va tadbirini eshitgach, juda shod bo`ldi va .Bu ta`birning egasi kim uni kim aytdi Bizga nasihat qilib, tadbir qilishga yo`llab qo`ygan kishi kim,, degan edi, suv tashuvchi soqiy .Bu rostgo`y Yusufdir. U menga podshohga suv tashuvchi bo`lishimni ham давоми...

2632 14:29 / 15.05.2019
4 Ya`qubning Yusufga ruxsat berganidan inilari xursand bo`lishdi. Ular o`rmonga bordilar va Yusufni o`rmondagi quduqqa tashladilar. Kichik Yusufga ham, keksa Ya`qubga ham sira rahm qilmadilar. Yusuf kichkina bola edi, uning qalbi ham yosh edi. Quduq chuqur va qorong`i bo`lib, Yusuf yolg`iz o`zi давоми...

2960 16:10 / 14.03.2019
2Yusufning Binyamin ismli tug`ishgan ukasi bor edi. Ya`qub u ikkovini juda yaxshi ko`rar edi. Hech kimni ulardek yaxshi ko`rmas edi. Akalar esa Yusuf va Binyaminga hasad qilardilar va g`azab bilan Nega otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`pa ko`proq yaxshi ko`radi Nega otamiz Yusuf va Binyaminni давоми...

3677 12:10 / 03.03.2019
Muso qizlarnikida katta hurmatizzat ko`rdi. Ular bu g`arib yigitni xuddi o`z farzandlaridek ko`rib izzatikrom qilishdi.Kunlarning birida qiz otasi huzuriga kelib maapossumalik bilan shunday dedi .Ey ota, uni ishga yollagin. Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir,.Chol dedi давоми...

10099 15:00 / 05.12.2021
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021