1447 йил 18 зулқаъда | 2026 йил 05 май, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Fir'avnning nodonligi

14:00 / 20.03.2022 4243 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Fir'avn Musoning ishiga qattiq ahamiyat berganidan halovati yo‘qoldi, uyqusi o‘chdi. Yegan-ichgani o‘ziga tatimay qoldi. Saroy a'yonlari Fir'avn g‘azabini yana alangalatdilar:

- «(Ey Fir'avn), Muso va qavmining yerda buzg‘unchilik qilib yurishiga hamda seni va xudolaringni tark etishiga qo‘yib berasanmi?!».

G‘azablangan Fir'avn dedi;

- «Ularning o‘g‘illarini o‘ldirib, ayollarini tirik qoldirajakmiz. Albatta biz ularning ustida g‘olibdirmiz».

Fir'avn Bani Isroil va Misr ahlini Musodan ajratib olish uchun barcha makr-hiylalarni qo‘lladi. Fir'avn qavmiga nido qilib:

- Ey qavmim! Ko‘rmayapsizlarmi, Misr mulki va oyoqlarim tagidan oquvchi mana bu anhorlar meniki emasmi?! Men mana bu xor, gapini ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan yaxshi emasmanmi?

«Fir'avn vazminlik va bosiqlik bilan;

«Ey odamlar, men sizlar uchun o‘zimdan boshqa biron iloh borligini bilgan emasman».

Go‘yoki ko‘p taftish qilib, ko‘p fikrlab, qavmiga nasihat qilaroq, beaql va jununlikda:

Bas sen ey Homon, loyni pishirib, (g‘isht quyib) men uchun bir baland qasr bino qil, shoyadki men (uning ustiga chiqib) Musoning xudosini ko‘rsam. Albatta men uni yolg‘onchi kimsalardan deb o‘ylamoqdadirman».

Homon ustalarni yig‘ib loyni pishirib baland qasr qurishga kirishdi. Lekin ojiz inson bolasining chiranishlari qaerga ham yetardi?! Homon ham, ustalar ham holdan toyishdi. Loy, g‘isht tamom bo‘ldi.

Fir'avn oy nari tursin bulutga ham yetmadi. Quyosh nari tursin oyga ham yetmadi. Yulduzlar nari tursin quyoshga ham yetmadi. Osmonlar nari tursin yulduzlarga ham yetmadi. Fir'avn noumid bo‘ldi, xijolat chekdi va ojiz qolib o‘tirib qoldi. Bechora Fir'avn! Nahot u yuksak osmonlaru yerni Alloh taolo yaratganini bilmasa?!

Osmonlardagi narsalaru yerdagi narsalar, ularning orasidagi narsalaru yer ostidagi narsalar Unikidir.

Fir'avn Muso alayhissalomni o‘ldirishdan boshqa yo‘l topa olmadi. U «Muso yer yuzida buzg‘unchilik, fasod tarqatyapti», deya hujjat keltirdi. «Fir'avn dedi: «Meni qo‘yinglar, Musoni o‘ldiray. (ya'ni) u Parvardigoriga duo-iltijo qilsinchi, unga najot berarmikin. Darhaqiqat men (Muso) sizlarning diningizni o‘zgartirib yuborishidan yoki yer yuzida buzg‘unchilik avj oldirishidan qo‘rqmoqdaman».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ular akalar Yusufning ko`ylagi bilan Kan`onga kelganlarida, Ya`qub Yusufning hidini sezdi va Albatta, men Yusufning hidini sezmoqdamanrdquo, dedi. Ular .Allohga qasamki, sen eski adashuvingdasanrdquo, dedilar.Lekin Ya`qub rost gapirgan edi. Xushxabarchi kelgan chog`ida u ko`ylakni uning yuziga давоми...

3219 19:00 / 04.07.2019
19 Ular otalarining oldiga qaytib kelib, bo`lib o`tgan voqeani aytib Biz bilan birga ukamizni yubor. Agar qo`shib yubormasang, hokimning huzurida yaxshilikka erisha olmaymizrdquo, dedilar.Ya`qubdan Binyaminni talab qilib .Albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz,, deyishdi.Ya`qub esa .Uni sizlarga давоми...

2971 13:00 / 06.06.2019
15Elchi Yusufning oldiga kelib, .podshoh seni chaqiryapti,, ndash dedi. Yusuf qamoqdan mana shu ahvolda chiqib ketishga rozi bo`lmadi.Odamlar .Bu Yusuf Bu hokimga xiyonat qilgani uchun kecha qamoqda edi. Albatta, Yusufning nafsi katta kekkaygandir. Albatta, Yusuf aqlli, давоми...

2134 16:40 / 19.05.2019
7 Bir kuni tunda Ibrohim a.s. yulduzni ko`rdilar va Bu mening robbimrdquo, dedilar. Yulduz g`oyib bo`lgach, Ibrohim a.s. Yo`q Bu Robbim emas dedilar.Ibrohim a.s. oyni ko`rganlarida Bu robbimrdquo, dedilar. Oy g`oyib bo`lgach, Ibrohim a.s. Yo`q Bu Robbim emasrdquo, dedilar.Quyosh chiqdi, Ibrohim давоми...

20362 18:15 / 09.10.2018
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021