1447 йил 17 зулқаъда | 2026 йил 04 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sigir voqeasi

15:00 / 02.01.2023 5664 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Muso alayhissalom Allohga duo qildi. Pok Parvardigor Bani Isrol qavmiga bir sigir so‘yishni vahiy orqali buyurdi. Xuddi mana shu yerda masala chigallashdi. Bani Isroil yana masxaraomuz savollarini boshlagandi.

«Eslang! Muso o‘z qavmiga:

- «Alloh bir sigir so‘yishlaringni buyurdi, deganda ular:

- «Ustimizdan kulyapsanmi?» –dedilar.

Muso dedi:

- «Unday johillardan bo‘lib qolishdan Alloh panoh

berishini so‘rayman».

Yana savol jo‘natib: Ular dedilar:

- «Parvardigoringga duo qil, uning qandayligini bayon qilsin».

(Muso dedi):

- «U zotning aytishicha, u qari ham, yosh g‘unajin ham bo‘lmagan o‘rta bir sigirdir. Endi farmonni ado etinglar».

Ular shu yerda ham to‘xtashmadi. Endi sigirning rangini surishtira boshlashdi.

Ular dedilar:

- «Parvardigoringga duo qil. Uning rangini bayon qilsin».

(Muso) aytdi:

- «U zotning aytishicha, u ochiq-mallarang sigir bo‘lib, ko‘rganlarning ko‘ngli chog‘ bo‘ladi».

Hech qanday savol topa olmaganlaridan keyin umumiy qilib yana bir marta so‘rashdi:

Ular aytdilar:

- «Parvardigoringa duo qil, uning qandayligini bayon qilsin, bu mol bizga ishtibohli bo‘lib qoldi. Inshaalloh, endi yo‘limizni topib olamiz».

(Muso) aytdi:

- «U zotning aytishicha, u shunday bir sigirki, xor bo‘lib yer haydamaydi, u bilan (suv tashib) ekin sug‘ormaydilar, aybu nuqsonsiz, unda o‘z rangidan boshqa rang-bo‘yoq yo‘q».

Ular bu gal muvofiq bo‘ldilar. Chunki ular: «Inshaalloh endi yo‘limizni topib olamiz», deb aytishgan edi. Bas yo‘lni topishdi.

Lekin Bani Isroil so‘rayverib, o‘ziga-o‘zi og‘ir qilib qo‘ygandi. Agar ular to‘g‘ri kelgan bir sigirni so‘yganlarida ham kifoya qilgan bo‘lardi.

O‘zlari qattiq olganidan keyin, Alloh ham ularga qattiq qilib qo‘ydi. Bani Isroil aytilgan ochiq-mallarang sigir, ko‘rganlarning ko‘ngli chog‘ bo‘ladigan yer haydamaydigan, u bilan (suv tashib) ekin sug‘orilmaydigan, aybu nuqsonsiz, unda o‘z rangidan boshqa rang-bo‘yoq yo‘q sigirni uzoq qidirdi. Chunki yuqoridagi sifatlarga ega bo‘lgan sigir juda ham kam uchrardi.

Sigir yo qari yoki yosh bo‘lar edi. Bir sigir o‘rta yoshli bo‘lsada ochiq mallarang bo‘lmas edi. Yana biri o‘rta yoshli va mallarang bo‘lsada lekin ko‘zni quvontirmas edi. Yana biri o‘rta yoshli va mallarang va ko‘zni quvontiradigan bo‘lsada lekin u yer haydardi.

Va yana biri o‘rta yoshli va mallarang va ko‘zni quvontiradigan va yer haydamaydigan bo‘lsada lekin u ekinlarga suv tashirdi. Qidiraverdilar, qidiraverdilar. Nihoyat surishtiraverishning oqibatini tushundilar. U nima? Rangi qanday? U qanaqa? Kabi savollarni beraverib charchashdi.

Alloh taolo bir yetimning baxtini ochdi. Vahiyda ta’riflangan sigir faqat mana shu yetimda bor edi. Bani Isroil sigirni juda qimmat pulga sotib oldilar.

«Bas, uni so‘ydilar. Sal bo‘lmasa, qilmasdilar»

Alloh taolo o‘ldirilgan kishini sigirning bir bo‘lak go‘shti bilan urishni buyurdi. Shunda o‘lik tirilib qotilining nomini aytadi.

Xuddi shunday bo‘ldi....

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ularga bu kifoya qilmadi, balki toshlarni o`yib uni but sanamga aylantirib, natijada o`sha sanamlarga ibodat qildilar. Toshlarga, xuddi Nuh ummati va Od qavmi ibodat qilganidek ibodat qiladigan bo`ldilar. Alloh ularni toshlar ustidan hukmron qilgan edi, lekin ular johilliklaridan, toshlarning давоми...

3611 18:08 / 21.03.2021
Alloh taolo Musoga qavmining Somiriy sehri bilan fitnalanganini malum qildi.Muso goyat xafa bolib, gazablanib qaytdi. U Alloh uchun qavmiga va ogasi Horunga gazab qildi. .Muso qaytib kelgach dedi .Ey Horun, sen ularning yoldan ozganlarini korgan paytingda mening ortimdan borishingdan va menga bu давоми...

2316 11:00 / 09.03.2023
Solih .Bu Allohning tuyasi va bu Allohning mo`jizasi Sizlar so`radingiz va U O`z qudrati ila yaratdi. .Unga yomonlik yetkazmanglar, aks holda, sizni yaqin azob ushlaydi, Aaposrof surasi, 73oyat.Albatta bu tuya Allohning yerida yebichadi, xohlagan joyiga boribkeladi, uning yemi va suvi sizlarni давоми...

2713 13:30 / 27.05.2021
15Elchi Yusufning oldiga kelib, .podshoh seni chaqiryapti,, ndash dedi. Yusuf qamoqdan mana shu ahvolda chiqib ketishga rozi bo`lmadi.Odamlar .Bu Yusuf Bu hokimga xiyonat qilgani uchun kecha qamoqda edi. Albatta, Yusufning nafsi katta kekkaygandir. Albatta, Yusuf aqlli, давоми...

2134 16:40 / 19.05.2019
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021