1447 йил 18 зулқаъда | 2026 йил 05 май, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Jinning hikoyasi

17:31 / 10.10.2024 4644 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Assalomu alaykum. Gapni uzoq cho‘zmay, o‘zimni tanishtirib qo‘ya qolsam. Kamina Jin bo‘laman. Haligi, siz bolajonlarni kattalar «Ana jin», «Ana ajina», deb qo‘rqitishadi-ku. Xuddi o‘sha Jinman-da! Lekin aytib qo‘yay: men na bolalarni va na kattalarni qo‘rqitaman. Ishonmaysizmi? Ayting-chi, musulmon odam birovni bekordan bekor xafa qilishi, ziyon-zahmat yetkazishi mumkinmi? Hech qachon! Musulmon odam bunday qilmaydi. Allohdan qo‘rqadi. Alloh bunaqa zo‘rovonlig-u dilxiraliklarni musulmonlarga buyurmagan. Kamina ham xuddi ana shunaqa musulmon jinlardanman.

«Bundan chiqdi, kofir jinlar ham bor ekan-da?» dersiz. Bo‘lganda qanday! Shaytonni bilasiz-a? Shayton kofir jinlar avlodidan bo‘ladi. Shuning uchun ham kofir jinlar faqat shaytonlarga xizmat qilishadi. Ular bamisoli shaytonning otgan o‘qlaridir. Biz – musulmon jinlar Muhammad alayhissalomga birinchilardan bo‘lib imon keltirganmiz. Kofir jinlar esa imon keltirishmagan. Kofir jinlar oxiratgacha odamlarga tinchlik berishmaydi. Biz – musulmon jinlar esa, musulmon odamlarni himoya qilamiz. Kimdan deb o‘ylayotgandirsiz. Albatta, kofir jinlardan va ularning ustozi bo‘lgan shaytoni layindan. Yana bir narsani aytib qo‘yay: biz hamisha kofir jinlar bilan jang qilamiz. Biroq hech qachon sizlarning ko‘zingizga ko‘rinmaymiz. Ammo sizlarni ko‘rib turamiz.

«Qayerlarda yashaysizlar?» deysizmi? Musulmon odamlar qayerda yashasa, biz ham o‘sha yerda yashaymiz. Biz ham pokiza, chiroyli joylarni makon tutamiz. Kofir jinlar esa eng iflos, tashlandiq joylarda yashashadi. Ular yuvuqsiz, tirnog‘-u sochlari o‘siq odamlar atrofida o‘ralashganlari o‘ralashgan. Biz esa ozoda bolalarni yaxshi ko‘ramiz. Bunaqa bolalarning yoniga kofir jinlarni yaqinlashtirmaymiz.

Bizni Payg‘ambar Muhammad alayhissalom hamma jonivorlarni ko‘rgandek, aniq-tiniq ko‘rardilar. Nimaga desangiz, biz Allohning bu ulug‘ Payg‘ambaridan tunlari dars o‘qirdik-da, bir xil paytlarda o‘zlari bilan bitta sahobalarini ham boshlab kelardilar. U sahobani biz dars o‘rganadigan joydan sal nariga o‘tqazib qo‘yardilar-da, duo o‘qib, uning atrofiga aylana chiziq tortardilar. Keyin u kishiga shunday deb uqtirardilar: «Bu chiziq ichida o‘ltirgin. Bundan tashqariga chiqa ko‘rma. Allohni dilingdan qo‘yma. Hech bir narsadan qo‘rquvchi bo‘lma. Turli-tuman suratdagi jinlar ko‘zingga ko‘ringaylar. Ularga gapirma. Ular men tortgan chiziq ichkarisiga kirolmagaylar. Agarda o‘zing ushbu chiziqdan tashqariga chiqar bo‘lsang, qiyomatgacha ham seni topolmaymiz».

Payg‘ambarimizdan dars tinglagani sal-pal ikkilanib yurgan kofir jinlar ham kelishardi. Ular Muhammad alayhissalomning Islomga da’vatlarini eshitishlari hamonoq imon keltirib, musulmon bo‘lar, safimizga qo‘shilar edilar. Biz tong otguncha dars tinglardik. Ikki o‘rtada savol-javoblar bo‘lardi. Tong yaqinlashganda biz u kishidan so‘rardik: «Yo Rasululloh, «Qur’on»dan tilovat qilib bersangiz. Bizlar muborak lafzingizdan Alloh so‘zlarini eshitsak». Bir safar Payg‘ambarimiz bizga «Ar-Rahmon» surasini tilovat qilib berdilar. Bu suraning o‘ttiz bir yerida «Fabiayyi alaai robbikuma tukazziban» (Alloh sizlarga bergan ne’matlarining qaysi birini yolg‘on deb ayta olasiz?) oyati takror kelardi. Rasululloh shu oyatni har gal o‘qiganlarida, biz jinlar jo‘r bo‘lib: «Hech birini yolg‘on deya olmaymiz, yo Rabb», deb turdik. Ha, o‘ttiz bir marta shunday dedik. Payg‘ambarimiz bizdan ko‘p xursand bo‘ldilar.

Biz – musulmon jinlar Allohning rasuli kofirlar bilan jang qilganlarida bir necha bor u muborak zotga yordam ham berganmiz. Masalan, Arab sahrosida G‘atafon degan bir qabila bo‘lib, ular Islomga qarshi bo‘lgan qavmlarga ittifoqdoshlik qilishardi. Bir kuni kofirlar Muhammad alayhissalomga qarshi urishish uchun g‘atafonliklarni yordamga chaqirishdi. G‘atafonliklar to‘rt ming askar bilan yo‘lga chiqdilar. Askar yarim yo‘lga yetganlarida «Ey odamlar, ortinglarda qolgan bola-chaqalaringni yov bosdi», deb biz ovoz berdik. Ovozni eshitgach, g‘atafonliklarning yuragiga qo‘rquv tushdi. Ovoz egasini topisholmagach, battar sarosimada qoldilar va shoshganlaricha orqalariga qaytdilar. Kelib ko‘rdilarki, yurtlari tinch, bola-chaqalari omon. Shundoq bo‘lsa-da, jangga qaytib bormadilar. U yoqda esa Allohning Rasuli dushmanlar ustidan g‘olib keldilar.

Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz biz haqimizda sahobalarga shunday deganlar: «Musulmon jinlar musulmonlarga hamisha tarafkashdir. Odamsiz keng dalada bir kishi namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, azon aytsin. Aytganda ham sekin aytmasin. Balki qichqirib aytsin. Chunki, azon tovushini eshitgan jin ummatlarim yetib kelib, unga iqtido qilgaylar. Agarda shunday bir joyda bir mo‘minning oti hurkib qochsa-yu, uni to‘sishga kishi bo‘lmasa, unda ot egasi «Ey, mo‘minlar, otim qochdi, to‘singlar», deb qichqirsin. Mo‘min jinlar u otning yo‘lini to‘sib, to‘xtatgay».

Ha, Muhammad alayhissalom nafaqat odamlarni, balki biz jinlarning ham Payg‘ambaridirlar. Ul muborak zot biz musulmon jinlarni ham ummatim deganlar.

Mana, azizlar, yaxshilab tanishib ham oldik. Endi kimki mo‘min-qobil pokiza bo‘lsa, o‘sha bilan biz musulmon jinlar do‘st bo‘lamiz. Irkit, Bismillohsiz ovqat yeydigan odamlarga esa yaqinlashmaymiz. Ular bilan kofir jinlar o‘rtoq bo‘ladilar. Men unaqa odamlardan bo‘lmasligingizga judayam ishonaman.

Erkin bobo

«Ҳилол» журнали 2 (59) сон

 

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Yangi topilgan va chiroyli bola qasrning quvonchi va xonadonning ovunchog`iga aylandi. Qasrdagi har bir kishi bolani suyub erkalatar hamda yaxshi ko`rib, maqtar edi. Chunki malika bu bolani qattiq yaxshi ko`rardi. Shundan keyin Bani Isroillik jajji go`dakni saroy bekalari va xizmatkorlari qanday давоми...

3289 14:00 / 12.09.2021
20Aka ndash ukalar xuddi otalari buyurganidek, turli xil eshiklardan kirib, Yusufning huzuriga keldilar. Yusuf Binyaminni ko`rganida juda xursand bo`lib, uni o`z uyiga tushirdi.Yusuf Binyaminga .Albatta men seni akangman,, dedi. Binyamin tinchlandi.Yusuf Binyaminni uzoq vaqtdan keyin uchratgan edi. давоми...

3567 09:35 / 10.06.2019
9 Yusuf qamoqqa kirganda, qamoq ahli Yusufning oliyjanob yigit ekanini bildi. Haqiqatda Yusufda ulkan ilm bor edi.Haqiqatda Yusufning ko`ksida rahmdil yurak bor edi. Qamoq ahli Yusufni yaxshi ko`rib qolib, uni hurmat qildilar.Odamlar Yusufdan xursand bo`lib, uni hurmatladilar. U bilan birga qamoqqa давоми...

3956 15:00 / 20.04.2019
17Nuh ko`p harakat qilib, qavmini uzoq vaqt daaposvat qildi. Nuh o`z qavmida ellik yil kam ming yil, yaaposni to`qqiz yuz ellik yil turib, ularni Allohga daaposvat qildi. Lekin Nuhning qavmi iymon keltirmadi. Butlarga ibodat qilishni tark etib, Allohga qaytmadilar. Nuh qachongacha kutadi давоми...

7703 19:03 / 29.12.2019
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021