1447 йил 18 зулқаъда | 2026 йил 05 май, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Azonning fazilati

17:08 / 18.11.2018 18045 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:

«Har bir kishi azon eshitganda shu duoni o‘qishi kerak: «Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah. Va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Roziytu billahi robban va bil islami diynan. Va bi muhammadin sallallohu alayhi va sallama rosulan va nabiyya».

Bu duo bilan azonni qarshilaganni shirkdan tashqari dengizlar ko‘pigicha gunohlari bo‘lsa ham Alloh kechiradi». Allohu Akbar! Yana Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Ey, sevimli sahobalarim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Azon aytilgach, shu duoni o‘qishni unutmang:

«Allohumma Robba hazihid da’vatit taammah. Vas solatil qoimah. Ati muhammadanil vasiylata val faziylah. Vad darajatar rofiyata. Vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’adtah. Varzuqna shafa’atahu yavmal qiyamah. Innaka la tuxliful mi’ad».

Aytilayotgan azonga hurmat ko‘rsatib, oxirigacha odob bilan tinglab, boshqa narsalar bilan mashg‘ul bo‘lmaslik lozim. Agar azondan avval Qur’on yoki namoz o‘qish boshlangan bo‘lsa, bu ikki ibodat davom ettiriladi.

Hazrati Oisha onamiz azon aytilganda qo‘llaridagi ishni qo‘yib, azonni tinglardilar. Bir kun ulardan buning sababini so‘radilar. U zot shunday javob berdilar:

«Men Rasulullohdan sollallohu alayhi vasallamdan eshitdim. Azon aytilganda uni tinglamasdan boshqa narsalar bilan mashg‘ul bo‘lish — o‘sha kishining iymonida nuqson borligini ifodalaydi», deya marhamat etdilar. Shundan so‘ng azon aytilganda hech narsa bilan mashg‘ul bo‘lmasdan, azonni eshitishni odat qildim».

Buyuk valiylardan Abu Nafs Haddod hazratlari temirchilik bilan shug‘ullanganlar. Bolg‘a ko‘targan qo‘llari azon aytilganda ko‘tarilgancha qolar, azon tugaguncha tushirmasdilar. Agar bolg‘a sandon ustida bo‘lsa, azon tugaguncha uni ko‘tarmasdilar. Suhbatlashayotgan bo‘lsalar, darhol to‘xtatib, azon tugaguncha jimib qolardilar. Bir kun bu muborak zot vafot etdilar. Yo‘lda tobutini ko‘tarib borishardi, shunda minoradan muazzin azon ayta boshladi. Tobut ko‘targanlar bir odim ham yurolmasdan turgan joylarida turib qoldilar. Azon tutaganda yana tobutni ko‘tarish uchun kuchlari o‘zlariga qaytdi. Azonga bo‘lgan hurmatlari, odoblari vafot etgach ham u zotda karomat sifatida ko‘rindi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Kim azonni eshitgach, muazzin bilan birga sekin ovozda takrorlasa, Alloh aytilgan azonning bir harfiga ming savob beradi va ming gunohini kechadi».

Ey, farzand!

Azon islom dinining muhim ibodatlaridai biridir. Unga nisbatan odob va hurmat saqlash shart.

Ey, farzand!

Islom ilk yoyilgan paytlarda azon yo‘q edi.

Ba’zi sahobalar Payg‘ambarimizga sollallohu alayhi vasallam: «Yo Rasululloh! sollallohu alayhi vasallam Bizga namoz vaqtlarini bildiradigan bir ishorat bo‘lsa, juda o‘rinli bo‘lardi. Vaqtini tayin etishda bir oz qiynalyapmiz», deyishadi.

O’sha kecha hazrati Bilol Habashiy roziyallohu anhu ikki farishtaning Abu Qubays tepaligiga ko‘kdan tushganini tush ko‘rdilar. U yerda har ikki farishta tahorat olib, azon va qomat aytgach, biri imom, ikkinchisi iqtido etib namoz o‘qidilar. Keyin yana ko‘kka uchib ketdilar. Tongda sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atrofida yig‘ilgach, ko‘rgan tushni aytdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam farishtalar nima qilib, nima deganlarini so‘radilar. Bilol roziyallohu anhu farishtalardan biri ikki qo‘lini quloqlariga qo‘yib:

«Allohu Akbar! Allohu Akbar!

Allohu Akbar! Allohu Akbar!

Ashhadu anla ilaha illalloh!

Ashhadu anla ilaha illalloh!

Ashhadu anna Muhammadar rasululloh!

Ashhadu anna muhammadar rasululloh!

Hayya alas solah! Hayya alas solah!

Hayya alal falah! Hayya alal falah!

Allohu akbar! Allohu akbar!

La ilaha illalloh!»

deganlarini aytdilar. Umar roziyallohu anhu ham bu kecha xuddi shunday tush ko‘rganini so‘zladilar. Sahobalardan yana birlari kechasi aynan shu tushni ko‘rganini aytdi. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etdilar:

«O’sha ko‘rganlaringiz birodarim Jabroil alayhissalomdir. Sizlarga namoz uchun azon o‘qishni o‘rgatdilar. Ikkinchilari esa Mikoil alayhissalomdir. U zot imom bo‘lib namoz o‘qib berdilar».

Allohu Akbar! Subhanalloh! Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallam sahobalarning, Bilolning ruhi poklari shod bo‘lsin! Bugun ham ma’naviy-moddiy olamlar uzra osmoniy kengliklarda azonlar yangrab turibdi!

Valhamdulillahi robbil alamiyn!

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandQo`shniga duch kelganda salom berib, holahvol so`rashish, xasta bo`lsa, ziyoratida bo`lish zarur.Qo`shnini ziyorat etish uchun ruxsat olish, iznsiz uyiga kirmaslik lozim. qo`shnini xafa qiluvchi ishlardan saqlanish kerak.Qo`shni biror narsa so`rasa berish, ishi tushsa bitirishga astoydil давоми...

32570 15:10 / 20.01.2019
Solih .Bu Allohning tuyasi va bu Allohning mo`jizasi Sizlar so`radingiz va U O`z qudrati ila yaratdi. .Unga yomonlik yetkazmanglar, aks holda, sizni yaqin azob ushlaydi, Aaposrof surasi, 73oyat.Albatta bu tuya Allohning yerida yebichadi, xohlagan joyiga boribkeladi, uning yemi va suvi sizlarni давоми...

2714 13:30 / 27.05.2021
Ассалому алайкум. Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам мўъжизалари ҳақида ҳикоя қилиш фурсати менга ҳам етиб келганидан жуда хурсандман. Ҳа, бундан бошим давоми...

3696 12:54 / 20.05.2024
Assalomu alaykum, azizlar Men odamzotning ajralmas dosti ndash Olov bolaman. Ha, qiyomatgacha inson bilan birgabirga yashash mening taqdirimga yozilgan. Odamzot ovqat pishirmoqchi bolsa otga aylanaman. Tunlarni yoritmoqchi bolsa, chiroqqa aylanaman. Sovqotib qolsa, isitib qoyaman. Bu dostlik давоми...

5903 16:30 / 21.01.2023
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021