1447 йил 19 зулқаъда | 2026 йил 06 май, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Tavhid kalimasining fazilati

16:00 / 23.12.2018 152999 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Tavhid – Allohni bir deb bilmoqdir. Tavhid kalimasi:

«La ilaha illallohu muhammadur rasululloh». Shahodat kalimasi: «Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh».

Tavhid kalimasining ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Muhammad Uning elchisidir».

Shahodat kalimasining ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va Muhammad Uning quli va rasuli ekanligiga iqrorman».

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam deydilar:

«Bir kishi «La ilaha illallohu muhammadur rasululloh» desa, tavhid kalimasi shunday deydi:

«Yo, pok Parvardigoro! Meni aytgan qulingni kechirmaguningcha, men tinchlanmayman!»

Alloh fazli bilan shunday deydi:

«Izzatim va Jalolim, Jamolim va Kamolim haqqi Meni zikr etgan bandamni kechirdim».

Ey, farzand!

Tavhid kalimasini aytgan kimsani mahshargohda bir guruh malaklar ziyorat etadilar. Uni mahshar dahshatlaridan qo‘riqlaydilar.

Alloh Muso alayhissalomga Tur tog‘ida shunday marhamat etdi:

«Yo Muso! Mahshar yerida farishtalar seni ziyorat etishlarini istasang, tavhid kalimasini ko‘p zikr et!»

Ey, mo‘min kishi! Tavhid kalimasini til bilan zikr etib, aslo dilda shubhaga tushma! Shubhaga tushish – jahannamga tushish ko‘prigi (sababchisi).

Bunday kishiga shafoatchi yo‘q.

Ey, farzand!

Kalimayi tavhidni ko‘p zikr qilgin.

Tur tog‘ida Muso alayhissalom so‘radilar:

«Allohim! «La ilaha illalloh» deya zikr etguvchi qulingga qanday haq ato etgaysan?»

«Ey, Muso! O’sha qulimdan rozi bo‘lib, jannati A’loda Jamolim bilan sharaflantiraman!»

Kalimayi tavhid fazilati va uni zikr etganga beriladigan haq ta’rifga sig‘mas darajada. Buning mukofotini Allohning O’zi tayin, taqdir va ehson etadi.

Alloh xitob (murojaat) etadi:

«Ey, farishtalarim! Shohid bo‘ling, tavhid kalimasini ishonib hatto bir marta zikr etgan qulimni afv etdim, kechirdim!»

Ishonib tavhid kalimasini bir bor aytganning barcha gunohlari to‘kiladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadi:

«Kim sidqidildan, ishonch bilan bir bor tavhid kalimasini zikr etsa, Alloh o‘sha kishiga jannatda to‘rt ming daraja ikrom etadi. To‘rg ming gunohini ham kechiradi!»

Ashobi ikromdan savol bo‘ldi:

«Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam! O’sha kishining to‘rt ming gunohi bo‘lmasa-chi?»

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etdilarki:

«Oila a’zolarining, qarindosh-urug‘larining, qo‘ni-qo‘shnilarining ham gunohlarini (qo‘shib) kechiradi!»

Ey, farzand!

Tavhid kalimasini zikr etishda davomli bo‘lib, barokatidan foydalanmoq, gunohlardan forig‘ bo‘lmoq zarur.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Mahshar maydoniga butun hayoti gunohlar bilan o'tgan bir kishini keltirishadi. Faqat nomayi a’molida bir marta tavhid kalimasini aytgani ko‘rinadi. Barcha gunohlari tarozining bir pallasiga, tavhid kalimasining savobi bir pallasiga qo‘yiladi. Tavhid kalimasining savobi og‘ir kelgani uchun jahannamdan chiqariladi».

Ey, farzand!

Tavhid kalimasining fazilati cheksiz. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida shunday deydilar:

«Banda «La ilaha illalloh!» deya zikr etishi bilan og‘zidan bir yashil qush uchib chiqadi. Bu qush ko‘tarilib to‘g‘ri arshning ostiga joylashadi. Umri davomida uni aytgan kishiga Allohdan mag‘firat tilaydi. Mahshargohda esa o‘sha kishining qo‘lidan tutib, to‘g‘ri jannatga eltadi».

Мавзуга оид мақолалар
Qavm yebichish, befoyda o`yinkulgu ichida edi. Dunyo hayotiga rozi bo`lib, xotirjam edilar. Hudning so`zlaridan yuraklari siqilib, birbirlariga .Hud nima deyapti Hud o`zi nima xohlayapti Biz uning so`zlarini tushunmayapmiz. U nodonmi yoki jinnimi, deyishar edi. Hud yana bir bora daaposvat давоми...

2784 15:00 / 16.01.2021
Бир дугонам хабар ёзиб жўнатибди .Ҳақиқатдан ҳам болаларингга бақирмайсанми,Болаларимизга нега бақириб гапирмасликни ва уларга бақирмаслик учун бир неча давоми...

4785 10:40 / 20.07.2019
Alloh taolo ularga ketmaket balolar yubora boshladi. Parvardigor ular ustiga suv balosini yubordi. Osmondan yomg`ir quydi. Nil to`lib toshdi. Osmondan yomg`ir yog`averdi, yog`averdi, yog`averdi. Ekin maydonlari va dalalarni suv bosdi. Don va mevalarga qattiq talofat yetdi. Aslida rahmat bo`lgan давоми...

3718 09:00 / 07.08.2022
Muso ulg`ayib kuchli yigit bo`lgach, Alloh taolo unga ilm va hikmat ato etdi.Muso zolimlardan nafratlanar, ularni xush ko`rmas edi. Barcha payg`ambarlar kabi mazlum, bechoralarni sevib, hamisha ularning yonini olib yuradi.Hamma o`yinkulgu bilan mashg`ul bo`lgan bir paytda Muso firaposavn shahriga давоми...

2905 14:00 / 17.10.2021
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021