1447 йил 17 зулқаъда | 2026 йил 04 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Sog‘liq ham, boylik ham Allohning sinovi

11:03 / 03.01.2019 9958 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Zuhd va taqvo sohibi bo‘lmoq kerak.

Yahyo ibn Muoz deydilarki:

«Zuhdning ma’nosi – dunyo (ziynati)ni tark etmoqdir».

Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Dunyo sevgisi barcha xatolarning boshidir. Dunyoni zohidlardan boshqasi tark etolmaydi!». Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Sevimli sahobalarim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Siz juda ko‘p sevadigan uch narsa borki, hech biri sizniki emas! Bular:

1. Jon (ruh)ni juda sevasiz, lekin jon – Alloh taoloning bir amridir.

2. Molni (mol-dunyoni) ko‘p sevasiz. Lekin mol – merosxo‘rlarnikidir.

3. Dunyoni ko‘p sevasiz. Holbuki, qisqa bir umr surib, dunyoni tashlab ketasiz!»

Ey, farzand!

Sog‘liq ham, boylik ham Allohning sinovi. Zotan, dunyo – imtihon, sinov maydoni.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga shunday dedilar:

«Ey, Abu Hurayra! Alloh taolodan boshqasiga umid bog‘lama. Unga tavakkul qil, Unga ishon, Unga suyan. Ne muroding bo‘lsa Undan ista, Undan so‘ra. Senga keladigan bir zararni yeru ko‘k ahli bir joyga to‘planib, o‘nglamoqqa kirishsalar ham o‘nglay olmas. Uning amri va iznisiz hech kim senga zarar va yomonlik qila olmas».

Allohning iznisiz hech kim moddiy, ma’naviy homiylik qilolmaydi. Ya’ni Alloh iroda etmaguncha, hech kim moddiy va ma’naviy jihatdan himoyasiga ololmaydi, hatto Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shafoati ham Allohning izniga tobe’dir.

Badandagi har vujud parchasining bir odobi bor.

Ko‘zning odobi – haromga qaramaslik.

Tilning odobi – haromni gapirmaslik.

Yolg‘on, g‘iybat behuda, bekorchi, befoyda, zararli so‘zlar haromga kiradi. Bu haqda ham Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallam ulug‘ so‘zlari bor:

«Foydasiz so‘zlarni so‘zlamagan kishining iymoni nurli bo‘ladi».

Quloqning odobi – haromni tinglamaslik. Eshitilganlardan yaxshi-yomonini ajratish, yaxshi bo‘lganini qabul qilib tinglash, yomonini tinglamaslikdir. Beixtiyor, tasodifan eshitgan so‘zlarga amal qilmaslik lozim.

Oyoqning odobi – haromga yurmaslik. Harom bo‘lgan joylarga bormaslikdir.

Me’daning odobi – harom yemaslik.

Kim shu a’zolarini haromlardan saqlasa, Alloh taolo o‘sha qulining barcha gunohlarini afv etadi. Aksincha harakat qilmagan kimsa o‘z falokati va halokatini o‘z qo‘li bilan hozirlagan bo‘ladi.

Ey, farzand!

Bu nasihatlarni tutsang, Alloh huzurida, payg‘ambarlar oldida, oxir zamon payg‘ambari Hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning yonlarida, avliyolar va barcha insonlar orasida yuzing yorug‘, oq, porloq va darajang yuksak bo‘ladi, Inshaalloh!

Мавзуга оид мақолалар
Bularning barchasi, Samudni shukr va Alloh taologa ibodat qilishga yetaklamadi. Balki, ularni kufr va tug`yonga yetakladi. Ular, Allohni unutib, ato etilgan narsalari bilan xursand bo`lib .Kim bizdan ham kuchliroq, deyishdi. Ular hech qachon o`lmaymiz, qasrlarimiz va bog`larimizdan chiqmaymiz, deb давоми...

3616 11:00 / 13.03.2021
8Alloh insonlarga qattiq g`azab qilib, ularni laaposnatladi. Nima uchun Alloh insonlarga g`azab qilib, ularni laaposnatlamasin Ularni shuning uchun yaratganmi Shuning uchun ularga rizq berganmiAllohning yerida yurib, uning ustida Allohga kufr keltiradilarAlloh bergan rizqni yeb, Allohga shirk давоми...

6256 19:30 / 20.10.2019
1Odam alayhissalomdan keyinAlloh taolo odam alayhissalom zurriyotlariga baraka berdi. Ular ichida ko`plab o`g`il va qizlar bor edi. Odam alayhissalom zurriyotlari tarqalib, ko`paydi. Agar odam alayhissalom qaytib kelib, bolalarini ko`rganlarida, tanimay qolardilar. Agar u zotga .Bu sening давоми...

10018 09:10 / 10.09.2019
Bani Isroil Misrda ancha vaqt mushriklar bilan birga yashagan edi. Qibtiylar Misrda juda kop narsaga siginishlarini Bani Isroil oz kozlari bilan korardilar. Shu bois Isroil farzandlari astasekin shirkdan nafratlanmay qoydilar. Xuddi eski uy devorlaridan suv sizib kirganidek ular qalbiga ham shirk давоми...

2588 09:00 / 12.02.2023
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021