1447 йил 18 зулқаъда | 2026 йил 05 май, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Hudning hikmati

15:00 / 23.01.2021 2461 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Hud qavmiga nasihat qilib, ularni hikmat va muloyimlik bilan da'vat qilishda davom etdi.

Hud: «Ey qavm! Men sizlarni akangiz va kechagi do‘stingizman. Meni tanimayapsizlarmi? Ey birodarlarim! Nimaga mendan qo‘rqib, qochib, uzoqlashyapsizlar? Men sizlarni molingizdan biror narsa nuqsonga yetkazmayapman-ku? «Ey qavmim, bu (da'vatim) uchun sizdan mol so‘ramayman. Mening ajr-mukofotim faqat Allohning zimmasida-ku?» (Hud surasi, 29-oyat).

Ey qavmim! Nima uchun Allohga iymon keltirishdan qo‘rqasizlar? Allohga qasamki, sizlar Allohga iymon keltirsangiz, molingizdan biror narsa yo‘qotmaysizlarku?! Balki Alloh sizning rizqingizga baraka beradi va quvvatingizni oshiradi-ku? Ey qavmim nima uchun men olib kelgan risolat-dindan ajablanasizlar? Albatta Alloh birma-bir kishilarga so‘zlamaydi-ku?! Albatta Alloh har bir kishiga xitob qilib: «Unday qil, bunday qil, demaydi-ku? Albatta Alloh har-bir qavmga o‘zlaridan bo‘lgan elchini ularga so‘zlab, nasihat qilishi uchun yuboradi-ku. Axir meni sizlarga, gapirib, nasihat etishim uchun elchi qilib yubordi. «O‘zingizdan bo‘lgan bir kishiga sizlarni ogohlantirish uchun Robbingizdan eslatma kelganidan ajablandingizmi?!» (A'rof surasi, 63-oyat).

 

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Муаллиф
Абул Ҳасан Али Ҳасаний ан-Надавий
Таржимон
Анвар Аҳмад
Мавзуга оид мақолалар
18Alloh, Nuhning duosini qabul qildi va uning qavmini g`arq qilishni xohladi. Alloh u bilan Nuh va mo`aposminlarga najot berishni xohladi. Nuhga, katta kema yasashni buyurdi. Nuh, katta kema yasashni boshladi. Qavmi, uni shu ishda ko`rib, uning ustidan kulishga mashg`ulot topib oldilar.Ular Ey Nuh, давоми...

3656 12:05 / 05.01.2020
Assalomu alaykum. Siz farishtalar haqida eshitganmisiz Hozir esingizga solaman .Bolajonim, uyga bismilloh aytib kir, bolmasa, uyning farishtasi qochadi,. .Hushtak chalma, farishtasiz bolib qolasan,, .Doimo yaxshi niyat qil, yaxshi gapgayam, yomon gapgayam farishtalar omin deydi,... Siz bunaqa давоми...

3562 13:02 / 19.08.2024
Ey, farzandQabristonda kulish harom. U yerda kulganga Alloh uhud tog`i og`irligicha gunoh yozadi. Qabristonda gunohlarini eslab, ichkinichkin yig`lagan kulibkulib jannatga kiradi. Qabristondan ibrat olib, marhumlar holiga achingan kishi jahannamdan qutiladi.Ey, farzandO`tgan kunlar o`tmishda давоми...

12087 11:10 / 20.02.2019
13Bir payt Ismoil chanqab qoldi, onasi unga suv ichirishni xohladi. Lekin suv qayerda Makkada quduq yo`q edi, Makkada anhor ham yo`q edi. Hojar suv talabida edi. Safodan Marvagacha va Marvadan Safogacha yurar edi. Alloh Hojar va Ismoilga nusrat berdi va ular uchun suv yaratdi. Suv yerdan chiqdi, давоми...

13129 19:10 / 15.10.2018
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021