1447 йил 18 зулқаъда | 2026 йил 05 май, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Allohga da'vat

13:00 / 02.01.2022 2848 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Musoning haq so‘zlariga e'tiroz bildirishdan ojiz qolib, javob topa olmagach Fir'avn munozarada yutib chiqmoqchi bo‘ldi:

- Ey Muso! Sen aytayotganingni eshitib qoldim, barcha olamlar Parvardigori kim o‘zi?

Muso dedi:

U (Muso): «Agar anglamoqchi bo‘lsangiz, U osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalarning Robbidir», dedi.

Bu javobni eshitib darg‘azab bo‘lgan Fir'avn davra ahlini ham gij-gijlay boshladi.

- «Bas (Fir'avn) atrofidagilarga dedi: (Uning nimalar deyayotganini) eshityapsizlarmi?». Lekin Muso o‘z so‘zini to‘xtatmasdan Fir'avnga ikkinchi zarbani berdi.

«(Muso) dedi: «(U) sizlarning Parvardigoringiz va avvalgi otalaringizning (ham) Parvardigoridir».

Fir'avnni g‘azabi qattiqlashib, sabr qila olmadi: «Albatta sizlarga yuborilgan rasullaringiz aniq majnundir».

Muso alayhissalom esa o‘z so‘zini hamon davom qilardi: «(Muso) dedi: Agar sizlar aql yurgizib ko‘rsangizlar, (Alloh) mag‘ribu mashriq va ular o‘rtasidagi (barcha) narsaning Parvardigoridir». Fir'avn Muso alayhissalomni o‘zi uchun achchiq bo‘lgan bu masaladan chalg‘itishni niyat qildi. U xalqni Musoga qarshi qilib qo‘ymoqchi bo‘ldi.

«(Fir'avn) dedi: «U holda avvagi avlodlarning holi nedur?» (Ya'ni Parvardigoring ularni ham azoblaganmi?)

Fir'avn o‘zicha o‘yladi; Agar Muso «avvalgi avlodlar haq ustida bo‘lganlar» desa, «ular ham but-sanamlarga sig‘inishgan» deyman.

Agar «ular adashgan nodon kimsalar bo‘lgan» desa, majlis ahlining g‘azabi keladi va u kishilar otalarini haqoratlangan hisoblaydilar.

Lekin Muso Fir'avndan aqlliroq edi. Parvardigori unga ilm va hikmat bergandi:

«(Muso) aytdi: «Ular haqidagi bilim Parvardigorim huzuridagi Kitobda - Lavhul Mahfuzdadir. Parvardigorim adashmas va unutmas».

So‘ng Muso shu paytgacha Fir'avn qo‘rqib-qochib kelayotgan masala haqida so‘z boshladi:

Parvardigorim adashmas va unutmas. «U zot yerni sizlar uchun beshik qarorgoh qilib qo‘ydi va unda yo‘llar paydo qildi hamda osmondan suv (yomg‘ir-qor) yog‘dirdi».

Lom-lim deya olmay qolgan Fir'avn g‘azablangan va javobdan ojiz qolgan shohlar tomonidan aytiladigan ma'lum jumlalarni yana bir bor takrorladi.

«(Fir'avn) dedi: «Agar mendan o‘zga ilohni (o‘zingga iloh qilib) olsang, albatta men seni zindonbandlardan qilur.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
16Nuh, qavmini daaposvat qildi, va nasihatgo`y bo`lishga harakat qildi..Ey qavmim, albatta men siz uchun ochiqoydin ogohlantiruvchiman. Allohga ibodat qilinglar, Unga taqvo qilinglar va menga itoat qilinglar. U sizlarning gunohlaringizdan mag`firat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qo`yib давоми...

3400 13:55 / 23.12.2019
Hud qavmiga nasihat qilib, ularni hikmat va muloyimlik bilan daaposvat qilishda davom etdi.Hud .Ey qavm Men sizlarni akangiz va kechagi do`stingizman. Meni tanimayapsizlarmi Ey birodarlarim Nimaga mendan qo`rqib, qochib, uzoqlashyapsizlar Men sizlarni molingizdan biror narsa nuqsonga давоми...

2462 15:00 / 23.01.2021
5Shayton .Ularga bo`lgan mahzunligingiz qanday, degan edi.Ular .Qattiq,, deyishdi.Shayton .Ularga ishtiyoqingiz qanday, degan edi.Ular .Buyuk,, deyishdi.Shayton .Nima uchun ularga har kuni nazar solmaysizlar, degan edi.Ular .Buning yo`li qanday axir ular o`lganku, dedi.Shayton .Ularni rasmlarini давоми...

3602 14:05 / 02.10.2019
Od qavmi javob topa olmadi. Hudga qanday javob berishni bilmay qoldilar. Ular ojiz qolganlaridan .Ilohlarimiz senga g`azab qilgani uchun, aqlingga kasallanib, aynib qolgan. Sening ustingda, ilohlar tomonidan yog`ilgan ofat turibdi,, deyishdi.Hud .Albatta bu butlar toshdir, hech kimga zarar ham давоми...

2342 15:00 / 30.01.2021
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021