1447 йил 18 зулқаъда | 2026 йил 05 май, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Shariat

16:00 / 13.11.2022 3006 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bani Isroil endi hayvoncha yashashdan odamlarcha yashashni boshladi. Ular cho‘lda hur, erkin edilar. Endi bu qavm ilohiy bir shariatga muhtoj edi. Toki ular mana shu shariat bilan hukm qilsinlar, hayot yo‘llarini yoritsinlar.

Inson faqat ilohiy shariat va Robbisi nuri ostidagina insondek yashashi mumkin. Olam tim qora zulmat. Bu yerda Parvardigor tomonidan berilgan mash’ala zarur.

U Payg‘ambarlar qo‘lidagi mash’aladir. Odamlar u sababli yo‘llarini topadilar. Kimda-kim mana shu nur ortidan ergashmas ekan, hayotda mudom ko‘r tuyadek adashib yuradi. Ilohiy nurdan tashqarida turib to‘qilgan aqidalar bolalarga ermak bo‘ladigan xurofotlardan boshqa narsa emas. Siz mushriku kofirlar - turli adashgan kimsalar aqidalari, xurofotlari va afsonalarini eshitmaganmisiz? Ularning ilmi jaholat, taxmin va shubha-gumon asosiga qurilgan. «Ular faqat gumon-taxminga ergashurlar xolos. Aniq-ki, gumon haqiqatdan biron narsaning o‘rniga o‘tmas!».

Johiliy axloq bu isrof, qosirlik, haddan oshishlik va sustkashlikdir. Payg‘ambarlar yo‘liga ergashmagan kimsalar o‘zgalar haq-huquqini bemalol hazm qilib yuborishganini ko‘rmaganmisiz. Ular havoi nafslariga ergashib o‘z chegaralaridan tashqariga chiqib ketishadi. Hukm yurgizish, siyosat esa zulm, istibdod va kishilar moli-yu haq-huqlarini toptashdan iborat bo‘ladi. Allohdan qo‘rqmaydigan, shariatga ergashmaydigan podshohlar o‘z fuqarolari qonini behuda to‘kishlari, haq-huquqlarini poymol etishlari, omanatlarga xiyonat qilishlarini nahot bilmasangiz?! Qancha-qancha kishilar qullik zanjiriga solindi. Insonlar guruh-guruhga ajratib yuborildi. Ayollar tirik qoldirilib erlar qilich tig‘idan o‘tkazildi Siz birinchi va ikkinchi jahon urushlarida necha million insonning yostig‘i quritilganini bilasizmi?! Dunyo tim qora zulmat. «(Ular) ustma-ust zulmatlardir. U o‘z qo‘lini chiqarib (qarasa) ko‘rishga yaqin bo‘lmas. Kimga Alloh nuri (iymon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur bo‘lmas». Payg‘ambarlar insonlarga qanday ibodat qilish kerakligini o‘rgatish bilan bir qatorda ularga o‘zaro muomala-munosabat haqida ham ta'lim bergan. Alloh taolo elchisi din odobidan ham, hayot odobidan ham ta'lim beruvchi muallimdir. U insonlarga barcha odoblarni – yeyish, ichish, o‘tirish, uxlash odoblarini o‘rgatadi. Go‘yo mehribon ota bo‘lib o‘zining aziz jigarbandlariga pandnasihat qiladi. Insonlar Payg‘ambarlar qarshisida go‘dak maqomida turadilar. Ular go‘daklikda otalari tarbiyasiga qanchalik muhtoj bo‘lgan bo‘lsalar, ulg‘aygan chog‘larida Payg‘ambar tarbiyasiga shunchalik muhtojdirlar. Nubuvvat ta’lim-tarbiyasidan bebahra qolgan mana shu kimsalar yovvoyi holda o‘sgan daraxtga o‘xshaydilar. Zero, parvarishsiz katta bo‘lgan o‘simlik qing‘ir-qiyshiq, tikonli va yaroqsiz bo‘lib o‘sadi.

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Musoning onasi jajji go`dagidan qattiq xavotirda edi. Qandoq ham qo`rqmasinki, yangi tug`ilgan chaqaloqlar dushmani qattiq kuzatuvda bo`lsa Qanday ham qo`rqmasinki, mirshab o`nlab go`daklarni oilasidagi onalari bag`ridan yulqib olgan bo`lsa Chumolidek sezgir, qarg`adek o`tkirko`z jallodlardan давоми...

5861 16:30 / 22.08.2021
Ular akalar Yusufning ko`ylagi bilan Kan`onga kelganlarida, Ya`qub Yusufning hidini sezdi va Albatta, men Yusufning hidini sezmoqdamanrdquo, dedi. Ular .Allohga qasamki, sen eski adashuvingdasanrdquo, dedilar.Lekin Ya`qub rost gapirgan edi. Xushxabarchi kelgan chog`ida u ko`ylakni uning yuziga давоми...

3218 19:00 / 04.07.2019
Ey, farzandKechasi uxlash uchun o`ringa yotishdan avval Mulk Taborak surasi o`qiladi.Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shu surani o`qimasdan o`rinlariga kirib uxlamasdilar. Bir hadisi shariflarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar.Yotadigan vaqtda Mulk Taborak давоми...

124314 17:30 / 10.02.2019
5.Kechqurun yig`lagan hollarida otalariga kelib .Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qoldirib, o`zimiz quvlashib ketsak, uni bo`ri yeb qo`yibdi,, deb uning yolg`on qonga bo`yalgan ko`ylagini keltirdilar,..Bu Yusufning qoni,, dedilar. Otalari payg`ambar, keksa hamda o`g`illaridan aqlliroq давоми...

2680 12:45 / 20.03.2019
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021