1447 йил 19 зулқаъда | 2026 йил 06 май, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Masjid odoblari

16:30 / 01.11.2018 20508 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Bu qismda masjidlarga aloqador odoblardan so‘z ochamiz. Masjidga borayotgan kishining har qadamiga savob yozilib, gunohlari afv etiladi.

Masjidga o‘ng oyoq bilan kiriladi. Shu onda: «Allohim! Bizga rahmat eshiklarini ochgaysan!» deya duo qilinadi. Keyin chap oyoq ichkari olinadi. Agar masjid ichida odam bo‘lsa, salom beriladi, bo‘lmasa, shunday duoi salom qilinadi:

«Assalamu alayna va ala ibadillahis solihiyn»

Bundan so‘ng uch bor:

«Subhanallohi val hamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar. Va la havla va la quvvata illa billahil aliyyil aziym» deb, masjidning muvofiq bir joyiga o‘tib, sunnat namozini o‘qigach, muazzinning qomat keltirishini kutadi. Muazzin qomat keltirgach, turib niyat qiladi, imomga ergashib, jamoat bilan namoz o‘qiydi.

Bu haqda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Alloh taolo namoz o‘qiliyotganda rahmatini imomga, uning o‘ngiga, chapiga, orqasiga yog’diradi.

Jamoatga qo‘shilgan har kim o‘sha rahmatdan nasibasini oladi».

Jamoat savobiga to‘la sazovor bo‘lish uchun takbiri tahrimani imom bilan birga yoki undan so‘ng darhol aytishga g‘ayrat qilish kerak. Janob Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam sahobalar masjidda to‘plangan bir kun shunday dedilar:

«Ey, sahobalarim! Siz, namozning ilk takbirining fazilati qanchaligini bilasizmi?»

U yerda qatnashayotganlardan Ali roziyallohu anhu shunday marhamat etdilar:

«Ey, Allohning Rasuli! Menimcha imom bilan birga olingan ilk takbir fazilati shunday: Bu dunyo islomga qarshi tajovuzkor holda bo‘lgan dushmanlarga liq to‘la bo‘lsa, bir kishi ular bilan jang qilib, ularni ta’sirsiz qilib, muvaffaqiyatga erishsa, o‘sha kishi qozongan savob takbiri tahrimani imom bilan aytgan kishining savobiga teng bo‘lolmaydi».

Bundan so‘ng Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu shunday dedilar:

«Ey, Allohning Rasuli! Dunyo to‘la oltin, kumush kabi boyliklarim bo’lsayu, hammasini sadaqa sifatida tarqatsam ham, baribir imom bilan birga aytilgan takbiri tahrima savobiga yetolmagan bo‘laman».

Bu savob darajasini u yerda qatnashgan sahobalar bir-bir aytib o‘tishgach, Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam shunday dedilar:

«Menga Jabroil alayhissalom kelib shunday dedi: «Ey, Muhammad! Sizga Alloh taolo salom yo‘lladi va shunday marhamat etdi:

«Habibimga xushxabar bering! Barcha dengizlar siyoh va barcha daraxtu-nihollar qalam bo‘lsa, yeru ko‘kdagilar kotib bo‘lsalar va namozning takbiri tahrimasini imom bilan birga aytgan kishining savobini yozib borishsalar, bu yozishni qiyomatga qadar davom ettirsalar ham o‘sha kishi qozonadigan savobning o‘ndan birini yoza olmaydilar».

Ey, farzand!

Namozlarni jamoat bilan o‘qishga g‘ayrat qilish takbiri tahrimani imom bilan birga yoki imomga eng yaqin bir vaqtda aytishga kirishish va uning beadad fazilatlaridan bahramand bo‘lmoq kerak.

Oldinda bo‘sh joylar turib, orqada yangidan saf tortish makruhdir. Oldindagi bo‘sh joylarni to‘ldirish lozim. Bir o‘zi bir safni egallashga harakat qilish gunohdir. Niyat qilayotganda bajariladigan ishning qalbdan kechirilishi va har bir ibodatning Alloh rizosi uchun ekanini o‘ylash, tushunish juda muhim. Og‘zaki niyat qiluvchi kishi qalbdan boshqa narsani kechirishi va boshqa narsalarni o‘ylashi bilan namozi durust bo‘lmaydi.

Niyat bilan barobar qo‘llar yelka uzra ko‘tarilib, bosh barmoqlar quloqlar yumshog‘iga tegiziladi.

Vaqt o‘tkazmasdan «Allohu Akbar!» deyiladi va qo‘llar darhol bog‘lanadi. Ko‘zlar sajda qilinadigan joydan uzilmaydi. Namozda turgani bir on esdan chiqarilmaydi. Imom o‘qigan oyatlar e’tibor bilan tinglanadi. Qalb boshqa narsalardan, dunyodan uziladi. Qo‘l, panja qulluq uchun tayyor, shikasta bir holda turiladi.

Imom bilan birga jamoat rukuga boradi. Ayni shaklda sajdaga boriladi. Imomdan avval ruku va sajda qilmaslikka juda ham diqqat-e’tibor berish kerak. Imomga ergashib «Allohu Akbar!» deb ruku, sajda qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday deydilar:

«Imomdan avval ruku va sajda qiluvchilarning boshi mahshar ahliga markab (ulov) boshiga o‘xshatib, (aylantirib) ko‘rsatiladi» (Alloh saqlasin).

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
5.Kechqurun yig`lagan hollarida otalariga kelib .Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qoldirib, o`zimiz quvlashib ketsak, uni bo`ri yeb qo`yibdi,, deb uning yolg`on qonga bo`yalgan ko`ylagini keltirdilar,..Bu Yusufning qoni,, dedilar. Otalari payg`ambar, keksa hamda o`g`illaridan aqlliroq давоми...

2682 12:45 / 20.03.2019
15Elchi Yusufning oldiga kelib, .podshoh seni chaqiryapti,, ndash dedi. Yusuf qamoqdan mana shu ahvolda chiqib ketishga rozi bo`lmadi.Odamlar .Bu Yusuf Bu hokimga xiyonat qilgani uchun kecha qamoqda edi. Albatta, Yusufning nafsi katta kekkaygandir. Albatta, Yusuf aqlli, давоми...

2135 16:40 / 19.05.2019
Bir kuni hazrati Hasan Basriyning huzurlariga bir ayol kelib, shunday dedindash Ey, Allohning do`sti Sizga savollarim bor, javob berishingizni istayman,ndash So`rang, ndash dedilar Hasan Basriy hazratlari.ndash Ey.. Imom Din pokligi, din javhari, din xazinasi nima ndash dedi ayol.Hasan Basriy давоми...

30368 18:05 / 02.12.2018
Assalomu alaykum, kamina supra bo`laman. Ha, sira ham ajablanmang, onajoningiz un elab, xamir qorib, zuvala yasaydigan, ugra kesadigan o`sha supraman. Men ham ikki olam sarvari Muhammad alayhissalom haqlarida hikoya qilmoqchiman. Guvohiga aylanganim u muborak zotning ajoyib va g`aroyib mo`jizalari давоми...

2273 16:52 / 31.03.2024
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021