1447 йил 17 зулқаъда | 2026 йил 04 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Ibratli hikoya

18:05 / 02.12.2018 30364 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Bir kuni hazrati Hasan Basriyning huzurlariga bir ayol kelib, shunday dedi:

– Ey, Allohning do‘sti! Sizga savollarim bor, javob berishingizni istayman,

– So‘rang, – dedilar Hasan Basriy hazratlari.

– Ey.. Imom! Din pokligi, din javhari, din xazinasi nima? – dedi ayol.

Hasan Basriy hazratlari:

– Siz ayting, biz ham eshitib, o‘rganaylik, – dedilar. Ayol aytdiki:

– Din pokligi – tahorat olmoqdir.

Din javhari – Allohdan qo‘rqmoqdir.

Din xazinasi – ilmdir. Ayol yana qo‘shimcha qildi.

Din ma’dari – hayodir. Alloh hayoli qulini maqtaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam) «hayo – imonning bir bo‘lagi» ekanini bildirganlar.

Hazrati Hasan Basriy bu ayolning so‘zlarini eshitib, sevinchdan hayratu hayajonga tushdilar, ayolning so‘ziga muxlis bo‘ldilar.

“Ey, farzand!” kitobidan

Мавзуга оид мақолалар
9 Yusuf qamoqqa kirganda, qamoq ahli Yusufning oliyjanob yigit ekanini bildi. Haqiqatda Yusufda ulkan ilm bor edi.Haqiqatda Yusufning ko`ksida rahmdil yurak bor edi. Qamoq ahli Yusufni yaxshi ko`rib qolib, uni hurmat qildilar.Odamlar Yusufdan xursand bo`lib, uni hurmatladilar. U bilan birga qamoqqa давоми...

3956 15:00 / 20.04.2019
Qizlarining barvaqt qaytganini ko`rib otasi ajablanib, ulardan sababini so`radi. Ikkoviga .Ey qizlarim Nima narsa sizlarni shoshiltirdi. Bugun ertaroq kelibsizlarmi, dedi. Allohning O`zi bizga bir solih kishini yetkazdi. U qo`ylarimizni sug`orib berdi.Qizlarining javobini eshitgan chol taajjubga давоми...

3001 13:00 / 28.11.2021
Assalomu alaykum. Gapni uzoq cho`zmay, o`zimni tanishtirib qo`ya qolsam. Kamina Jin bo`laman. Haligi, siz bolajonlarni kattalar .Ana jin,, .Ana ajina,, deb qo`rqitishadiku. Xuddi o`sha Jinmanda Lekin aytib qo`yay men na bolalarni va na kattalarni qo`rqitaman. Ishonmaysizmi Aytingchi, musulmon odam давоми...

4644 17:31 / 10.10.2024
Firaposavnning jinniligi qo`zidi. Firaposavn joyida o`tirolmay qoldi. Momoqaldiroq bo`lib guldiradi, yashin bo`lib chaqnadi. Bechora Firaposavn Bugun u kutmagan narsalar bo`ldi. U Musoni sehrgarlar bilan mag`lub qilmoqchi edi. Sehrgarlar esa endi Musoning qo`shiniga aylandi. Firaposavn sehrgarlarni давоми...

3127 09:30 / 13.03.2022
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021