1447 йил 17 зулқаъда | 2026 йил 04 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Namoz – dinning ustuni

14:02 / 08.11.2018 8627 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Bomdodni o‘qigach, masjiddan chap oyoq bilan chiqiladi va shunday duo qilinadi:

«Allohim! Menga fazlu karaming bilan rahmat eshiklarini och!»

O’ng oyoq tashqariga olinayotganda shunday niyat qilinadi:

«Allohim! Peshin namozini o‘qishimni menga nasib ayla!»

Peshinni o‘qib asrga, asrni o‘qib shomga, shomni o‘qib xuftonga, xuftonni o‘qib bomdodga niyat etgan kishining daftariga kecha-kunduz namoz o‘qigan savobi yoziladi.

Bir hadisi shariflarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar:

«Amallar niyatlarga ko‘radir. Kim nimani niyat qilsa, o‘shaning natijasini ko‘radi».

Niyatsiz amal bo‘lmaydi, ya’ni niyatsiz amal amal emas. Niyati qilinib, yaxshi, tugal, o‘rinli qilinmagan amal ham daftarda amal qilinmagan deb yoziladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:

«Namoz – dinning ustunidir. Namozni mukammal o‘qigan dinini mukammal qiladi. Namozni buzgan dinni buzadi. Namoz – barcha ibodatlardan afzaldir. Namozni jamoat bilan o‘qimoq, yolg‘iz o‘qigandan yigirma besh, yigirma yetti daraja afzaldir».

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar: «Jamoat bilan namoz o‘qishni uzrsiz tark etib, uyida yolg‘iz o‘qigan kishi faqat qarzini o‘taydi. Yigirma yetti darajali jamoat savobidan mahrumbo‘ladi».

Namozlarni kechiktirmasdan vaqtida o’qish kerak. Vaqtning o‘rtasida o‘qishning ham zarari yo‘q. Faqat hech qanday zaruratsiz kechiktirish to‘g‘ri emas. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Me’roj kechasi jahannam menga ko‘rsatilganda ko‘rdimki, bir guruh kishilarni zaboniylar gurzi bilan boshlariga urib, ularning miyalarini parchalashmoqda. «Bu shaklda jazolanayotganlar kimlar?» deya Jabroil alayhissalomdan so‘radim. U zot bu kishilar zaruratsiz namozni kechiktirganlar ekanini aytdilar». Har namozni kirgan vaqtida yoki o‘rta vaqtida o‘qish kerak. Namozni uzrsiz kechiktirishdan saqlanish lozim. Namozni vaqtida o‘qimagan kishi savobdan mahrum bo‘ladi. Namozni ba’zan o‘qib, ba’zan o‘qimagan kishining ham ahvoli qo‘rqinchli. Chunki bu odam namozni jiddiy qabul qilmagan sanaladi.


“Ey, farzand!” kitobidan

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
1 РамазонБугун уйда ажойиб бир ҳолат. Ҳамма жимгина ишига, ўқишига кетмоқда. Ойижоним .Зайнаб, келақол қизим, сенга нонушта тайёрлаб берай,, ndash деди. Ҳеч ким ҳеч давоми...

4284 15:00 / 23.05.2020
Aziz bolajonlar, albatta, siz ovqatlanish odoblarini yaxshi bilsangiz kerak. Ularga rioya qilish, boshqalarga ham o`rgatish zarur ekanini ham unutmang. Eng asosiysi, bunday odob turlarini bizga Payg`ambarimiz alayhissalom o`rgatganini esda saqlang. Ularga asoslanib yashash savob ekanini doimo yodda давоми...

3642 16:01 / 01.02.2019
Ey, farzandVujud insoniyatga Alloh bergan bir omonat hisoblanadi. Demak, vujuddagi a`zolar ham Allohning omonatidir. Omonatga xoinlik, ya`ni xiyonat qilinmaydi. Bu xususda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.Ummatim ustiga shunday bir zamon keladiki, omonatlar saqlanmaydi давоми...

10115 12:30 / 01.01.2019
Avvalo ozimni tanishtirsam. Kamina doim xizmatingizga shay tarozi bolaman. Biz tarozilar Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islomni olib kelgunlaricha ham odamzod boshiga tushgan kopgina voqealarga guvoh bolganmiz. Halokatli bu hodisalarning sababini ham ozmikopmi bilamiz. Qaysiki yurtda ikki давоми...

2037 15:00 / 09.05.2025
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021