1447 йил 18 зулқаъда | 2026 йил 05 май, сешанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Tavhid kalimasining fazilati

16:00 / 23.12.2018 152996 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Ey, farzand!

Tavhid – Allohni bir deb bilmoqdir. Tavhid kalimasi:

«La ilaha illallohu muhammadur rasululloh». Shahodat kalimasi: «Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh».

Tavhid kalimasining ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Muhammad Uning elchisidir».

Shahodat kalimasining ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va Muhammad Uning quli va rasuli ekanligiga iqrorman».

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam deydilar:

«Bir kishi «La ilaha illallohu muhammadur rasululloh» desa, tavhid kalimasi shunday deydi:

«Yo, pok Parvardigoro! Meni aytgan qulingni kechirmaguningcha, men tinchlanmayman!»

Alloh fazli bilan shunday deydi:

«Izzatim va Jalolim, Jamolim va Kamolim haqqi Meni zikr etgan bandamni kechirdim».

Ey, farzand!

Tavhid kalimasini aytgan kimsani mahshargohda bir guruh malaklar ziyorat etadilar. Uni mahshar dahshatlaridan qo‘riqlaydilar.

Alloh Muso alayhissalomga Tur tog‘ida shunday marhamat etdi:

«Yo Muso! Mahshar yerida farishtalar seni ziyorat etishlarini istasang, tavhid kalimasini ko‘p zikr et!»

Ey, mo‘min kishi! Tavhid kalimasini til bilan zikr etib, aslo dilda shubhaga tushma! Shubhaga tushish – jahannamga tushish ko‘prigi (sababchisi).

Bunday kishiga shafoatchi yo‘q.

Ey, farzand!

Kalimayi tavhidni ko‘p zikr qilgin.

Tur tog‘ida Muso alayhissalom so‘radilar:

«Allohim! «La ilaha illalloh» deya zikr etguvchi qulingga qanday haq ato etgaysan?»

«Ey, Muso! O’sha qulimdan rozi bo‘lib, jannati A’loda Jamolim bilan sharaflantiraman!»

Kalimayi tavhid fazilati va uni zikr etganga beriladigan haq ta’rifga sig‘mas darajada. Buning mukofotini Allohning O’zi tayin, taqdir va ehson etadi.

Alloh xitob (murojaat) etadi:

«Ey, farishtalarim! Shohid bo‘ling, tavhid kalimasini ishonib hatto bir marta zikr etgan qulimni afv etdim, kechirdim!»

Ishonib tavhid kalimasini bir bor aytganning barcha gunohlari to‘kiladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadi:

«Kim sidqidildan, ishonch bilan bir bor tavhid kalimasini zikr etsa, Alloh o‘sha kishiga jannatda to‘rt ming daraja ikrom etadi. To‘rg ming gunohini ham kechiradi!»

Ashobi ikromdan savol bo‘ldi:

«Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam! O’sha kishining to‘rt ming gunohi bo‘lmasa-chi?»

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etdilarki:

«Oila a’zolarining, qarindosh-urug‘larining, qo‘ni-qo‘shnilarining ham gunohlarini (qo‘shib) kechiradi!»

Ey, farzand!

Tavhid kalimasini zikr etishda davomli bo‘lib, barokatidan foydalanmoq, gunohlardan forig‘ bo‘lmoq zarur.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Mahshar maydoniga butun hayoti gunohlar bilan o'tgan bir kishini keltirishadi. Faqat nomayi a’molida bir marta tavhid kalimasini aytgani ko‘rinadi. Barcha gunohlari tarozining bir pallasiga, tavhid kalimasining savobi bir pallasiga qo‘yiladi. Tavhid kalimasining savobi og‘ir kelgani uchun jahannamdan chiqariladi».

Ey, farzand!

Tavhid kalimasining fazilati cheksiz. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida shunday deydilar:

«Banda «La ilaha illalloh!» deya zikr etishi bilan og‘zidan bir yashil qush uchib chiqadi. Bu qush ko‘tarilib to‘g‘ri arshning ostiga joylashadi. Umri davomida uni aytgan kishiga Allohdan mag‘firat tilaydi. Mahshargohda esa o‘sha kishining qo‘lidan tutib, to‘g‘ri jannatga eltadi».

Мавзуга оид мақолалар
Fir`avn tug`yonga kelib g`aflat va qaysarligida qattiq turib olgach, Alloh taolo unga o`zini o`nglab olishi uchun tanbeh bermoqni iroda qildi. U zot bandalarining kofir holda yurishlariga aslo rozi bo`lmas Alloh taolo yer yuzida fasodning yoyilishini yaxshi ko`rmaydi. Fir`avn juda nodon podshoh давоми...

2732 11:00 / 01.08.2022
Lekin Samud qavmi haddan oshdi, kibrga ketdi. Ular .Nega endi mollarimiz har kuni sug`orilmas ekan, deb tuyaga qo`pol munosabatda bo`la boshladilar. Solih alayhissalom Alloh taolo mo`jizasi bo`lmish tuyaga nisbatan yumshoq muomalada bo`lishni eslatsalarda, qavm sira quloq solmasdi. Kim shu tuyani давоми...

4405 15:40 / 06.06.2021
Ey, farzandAlloh Xoliqi Zul Jalol avval aqlni yaratdi. Bu haqda Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.Alloh aqlni yaratib, uni nur ichiga qo`ydi. Ilmni aqlning taniga kiydirdi. Fahm sezgini aqlning joniga berdi. Zuhd va taqvoni unga joylashtirdi. Ixlosni yuziga berdi. Xasislik давоми...

12207 18:01 / 25.11.2018
Assalomu alaykum. Siz farishtalar haqida eshitganmisiz Hozir esingizga solaman .Bolajonim, uyga bismilloh aytib kir, bolmasa, uyning farishtasi qochadi,. .Hushtak chalma, farishtasiz bolib qolasan,, .Doimo yaxshi niyat qil, yaxshi gapgayam, yomon gapgayam farishtalar omin deydi,... Siz bunaqa давоми...

3562 13:02 / 19.08.2024
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021