1447 йил 19 зулқаъда | 2026 йил 06 май, чоршанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Payg‘ambarimiz ulovga o‘tqazgan bolalar

10:24 / 21.01.2019 10205 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Aziz bolajonlar, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sizning tengdoshlaringizga o‘ta mehribon bo‘lganlari haqida bilasizmi? Bu haqda juda ko‘plab hadislar rivoyat qilingan. Keling, ulardan biri bilan tanishamiz. 

Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam safardan kelsalar, o‘z ahli baytlarining bolalari ila qarshi olinar edilar. Bas, u zot bir safardan kelganlarida qarshilariga avval men olib borildim. Bas, u zot meni oldilariga o‘tirg‘izib oldilar. So‘ngra Fotimaning ikki o‘g‘lidan biri olib kelindi. U zot uni ortlariga mingashtirib oldilar. Biz – uch kishi bir ulov ustida Madinaga olib kirildik».

Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘ta bolajon zot ekanliklari ma’lum va mashhur. U  ishi qachon bolalarni ko‘rsalar, xursand bo‘lib ketar, ularni erkalar edilar. Shuning uchun ham safardan qaytganlarida u zotni xursand qilish maqsadida birinchi bo‘lib ahli baytlaridan bo‘lgan bolachalarni qarshilariga olib borib, kutib olinar edilar. Bu ishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda ham xursand bo‘lar edilar.

O‘shandoq safarlardan biridan qaytayogan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qarshilariga  birinchi bo‘lib, Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhu olib borilibdi. Bas, u zot uni ko‘tarib olib, o‘z oldilariga, egarga o‘tirg‘izib olibdilar. Bu Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhu uchun, albatta, katta baxt. Lekin u kishi o‘zlarining undan ham katta baxtga muyassar bo‘lganlarini keyingi jumlada bayon qilmoqdalar:

«So‘ngra Fotimaning ikki o‘g‘lidan biri olib kelindi. U zot uni ortlariga mingashtirib oldilar».

Bundan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning otasidan yosh yetim qolgan Abdulloh ibn  Ja’far roziyallohu anhuning ko‘ngli uchun o‘zlarining mahbub nabiralari Imom Hasan va Imom  Husaynlardan birlarini ortlariga mingashtirib, Abdulloh ibn Ja’farni oldilariga olib, Madinagacha kirib borganliklari ko‘rinib turibdi. Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhuning o‘zlari esa xuddi shu holatni o‘zlari uchun faxr va e’zozga arziydigan narsa deb bilmoqdalar.

 

«Hadis va hayot» kitobidan

Муаллиф
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandPayg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar.Kim bir mo`min birodarini Alloh roziligi uchun ziyorat etib, qo`l ushlashib uch bora silkitib ko`rishsa, kuzgi daraxt barglari to`kilgandek, har ikkovining gunohlari to`kiladi,.Yana bir hadisi shariflarida Rasululloh sollallohu давоми...

5451 15:03 / 05.11.2018
Alloh taolo Musoga qavmining Somiriy sehri bilan fitnalanganini malum qildi.Muso goyat xafa bolib, gazablanib qaytdi. U Alloh uchun qavmiga va ogasi Horunga gazab qildi. .Muso qaytib kelgach dedi .Ey Horun, sen ularning yoldan ozganlarini korgan paytingda mening ortimdan borishingdan va menga bu давоми...

2318 11:00 / 09.03.2023
Firaposavn o`zining g`azab o`qlarini bo`shatgach, Muso uni Alloh o`qi bilan otmoqchi bo`ldi..Muso dedi, Yoki men senga ochiqoydin narsa keltirsamchi,.Firaposavn dedi .Agar rostgo`y kishilardan bo`lib, oyat mo`aposjiza bilan kelgan bo`lsang, qani uni keltir,..Shunda Muso tutib turgan asosini давоми...

13297 15:00 / 09.01.2022
Musoning onasi jajji go`dagidan qattiq xavotirda edi. Qandoq ham qo`rqmasinki, yangi tug`ilgan chaqaloqlar dushmani qattiq kuzatuvda bo`lsa Qanday ham qo`rqmasinki, mirshab o`nlab go`daklarni oilasidagi onalari bag`ridan yulqib olgan bo`lsa Chumolidek sezgir, qarg`adek o`tkirko`z jallodlardan давоми...

5863 16:30 / 22.08.2021
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021