1447 йил 17 зулқаъда | 2026 йил 04 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Otа-onаngizni e'zozlаng!

11:30 / 06.04.2019 4495 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qadrli bolajonlar! Barchamiz bizni dunyoga keltirgan, tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onamizni hurmat qilishimiz, e'zozlashimiz lozim. Quyida shu haqda ba'zi tavsiyalarni keltiramiz:

Har kun ertalab uyqudan turgach, maktabdan kelganingizda, ota-onangiz ishdan yoki boshqa biror joydan kelganlarida ularga salom bering.

Biror joyga chiqmoqchi bo‘lsangiz yoki biror ish qilmoqchi bo‘lsangiz, ota-onangizdan ruxsat so‘rang. Ular ruxsat bersalar yaxshi, ruxsat bermasalar xarxasha qilib ularni ranjitmang. Shuningdek, ularning xonalariga ham hamisha ruxsat so‘rab kiring.

Ota-onangiz buyurgan har bir yaxshi ishni bajaring. Dangasalik qilib «Yo‘q» demang. Ularga quloq soling.

Ovqatlanganda avval ular ovqatni boshlab berishlarini kuting. Ulardan oldin dasturxonga qo‘l uzatmang, beodoblik bo‘ladi.

Yo‘lda yurganda ota-onangizdan oldinda yurmang. Ularning ortida yoki yonida yuring.

Ota-onangiz biror ish qilganda ularga yordamlasha olsangiz yordamlashing. Bo‘lmasa, ularga xalal bermang.

Ota-onangiz sizga qilgan yaxshiliklari uchun ularga rahmat ayting. Ularni yaxshi ko‘rishingizni tez-tez aytib turing. Yuzlaridan, qo‘llaridan o‘pib ularga mehringizni izhor qiling.

Ulardan tez-tez hol so‘rab turing. «Dadajon, yaxshimisiz?», «Oyijon, yaxshimisiz?», «Sog‘ligingiz yaxshimi?», «Ishdan yaxshi keldingizmi? Charchamadingizmi?» deb ularning holidan xabardor bo‘ling.

Ularni ko‘p duo qiling. Аyniqsa, namoz o‘qiganingizdan keyin, Qur'on tilovat qilganingizdan keyin ularni ko‘p-ko‘p duo qiling. «Аllohim, ular bizni kichikligimizdan to hozirgacha tarbiyalagani kabi O‘zing ularga rahm qil. Ularga yaxshiliklar ber, umrlarini uzoq qil. Hamisha xursand, baxtli bo‘lsinlar», – deng.

Ota-onangiz charchagan vaqtda sho‘xlik qilib, shovqin solib ularni battar qiynamang. Biroz dam olgunlaricha o‘z xonangizda bo‘lib turing.

Kech bo‘lganda ota-onangiz bilan xayrlashib, ularga yaxshi tilaklar bildirib, o‘z o‘rningizga borib yoting.

Ota-onaning yaqinlari – buvi-buva, amma-xola, tog‘a-amakilarni hurmat qilish ham ota-onani hurmat qilishdek muhimdir. Ota-onasini hurmat qilgan bola ularni ham hurmat qiladi. Shuningdek, aka-ukalar, opa-singillar bilan ham ahil-inoq bo‘lish lozim. Bir-biriga yaxshi muomala qilib, ishlarida yordamlashish kerak. O‘zaro urishmang. Bundan ota-onangiz xafa bo‘ladilar.

G‘iyosiddin Yusuf

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Lekin Muso qaerga borsin Axir Misrning barcha yeri Firaposavn mamlakatiku Firaposavn jallodlari hamma joylarda qarg`a ko`z va chumoli belgi bo`lib, uni izlab izg`ib yurishibdi Alloh Musoga arab shahri Madyanga ketishni ilhom qildi. Chunki u yerga Firaposavnning qo`li yetmasdi. Sahroda joylashgan давоми...

3102 15:29 / 07.11.2021
Firaposavn Musoning ishiga qattiq ahamiyat berganidan halovati yo`qoldi, uyqusi o`chdi. Yeganichgani o`ziga tatimay qoldi. Saroy aaposyonlari Firaposavn g`azabini yana alangalatdilar .Ey Firaposavn, Muso va qavmining yerda buzg`unchilik qilib yurishiga hamda seni va xudolaringni tark etishiga давоми...

4243 14:00 / 20.03.2022
Bir kuni hazrati Hasan Basriyning huzurlariga bir ayol kelib, shunday dedindash Ey, Allohning do`sti Sizga savollarim bor, javob berishingizni istayman,ndash So`rang, ndash dedilar Hasan Basriy hazratlari.ndash Ey.. Imom Din pokligi, din javhari, din xazinasi nima ndash dedi ayol.Hasan Basriy давоми...

30364 18:05 / 02.12.2018
2Yusufning Binyamin ismli tug`ishgan ukasi bor edi. Ya`qub u ikkovini juda yaxshi ko`rar edi. Hech kimni ulardek yaxshi ko`rmas edi. Akalar esa Yusuf va Binyaminga hasad qilardilar va g`azab bilan Nega otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`pa ko`proq yaxshi ko`radi Nega otamiz Yusuf va Binyaminni давоми...

3674 12:10 / 03.03.2019
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021