1447 йил 17 зулқаъда | 2026 йил 04 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Madyanda

15:00 / 21.11.2021 3632 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Muso Madyan yerlariga yetib keldi. U biror kishini tanimas, biror kishi ham uni tanimas edi. Tunda Musoga kim boshpana beradi? U qaerda uxlaydi? Mana shu kabi savollar Musoning boshidan kechsa-da Allohning O‘zi madadkor ekaniga zarracha shubha qilmasdi. Muso bir quduqdan mol-hollarini sug‘orayotgan odamlar yonida to‘xtadi. U yerda odamlarning mollarini sug‘orib bo‘lishini kutib ikkita qiz o‘z qo‘ylariga qarab turardi. Rahmdil ota kabi bo‘lgan mehribon qalbli Muso ulardan so‘radi:

- Nega sizlar qo‘ylaringizni sug‘ormayapsizlar?

- Biz to odamlar sug‘orib bo‘lmagunicha qo‘ylarimizni sug‘orish imkoni yo‘q. Chunki ular kuchli, biz esa ojizmiz. Ular er kishilar. Bizlar zaifalarmiz, dedi ular. Muso ulardan go‘yoki: Nima uchun xonadoningizdan er kishilar sug‘orishmaydimi, deb so‘rashlarini bilgandek: «Otamiz keksa chol», deb undan avval aytishdi.

Musoning mehribonligi junbushga kelib, ularni suv bilan ta'minlagan edi, ular jo‘nab ketishdi. Xo‘sh, endi Muso tunda qaerda yotadi? Qaerda tunaydi? Bu begona shaharda u biror kishini, biror kishi uni tanimaydiku?

«So‘ngra (bir chetdagi daraxt) soyasiga borib (o‘tirib) dedi: «Parvardigorim! O‘zing men uchun nima yaxshilik (ya'ni rizq) tushirsang o‘shanga muhtojdirman».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

 

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Alloh taolo Bani Isroilni kitobsizhidoyatsiz qavmlar kabi adashibuloqib ketishni istamadi. Ularni kor tuyadek tentirab yuradigan ummatlardek bolib qolishdan asramoqni iroda etdi. Alloh taolo Muso alayhissalomga poklanib 30 kun roza tutishni, songra Tur togiga kelishni buyurdi. Alloh taolo Tur давоми...

3071 14:50 / 04.02.2023
4Lekin shayton insonlarni miyalariga kiradigan eshikni topdi. Kishilar Allohdan qo`rqardilar va Allohga kechayu, kunduz ibodat qilardilar, uni ko`p zikr qilardilar. Ular Allohni yaxshi ko`rardilar, Alloh ham ularni yaxshi ko`rar va duolarini qabul qilar edi. Insonlar ham ularni yaxshi ko`rar va давоми...

6839 17:45 / 25.09.2019
Muso alayhissalom Allohga duo qildi. Pok Parvardigor Bani Isrol qavmiga bir sigir so`yishni vahiy orqali buyurdi. Xuddi mana shu yerda masala chigallashdi. Bani Isroil yana masxaraomuz savollarini boshlagandi. .Eslang Muso o`z qavmiga .Alloh bir sigir so`yishlaringni buyurdi, deganda ular давоми...

5664 15:00 / 02.01.2023
Ey, farzand Tahorat oladigan joy toza bo`lishi kerak. Bu xususda janob Payg`ambarimiz sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar.Tahorat ushatgan joyingizda tahorat olmangiz. Tahorat suvining har tomchisiga bir yillik namoz savobi beriladi,.U zot sallollohu alayhi vasallam yana bir давоми...

34278 14:03 / 30.10.2018
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021