1447 йил 17 зулқаъда | 2026 йил 04 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Chorlash

13:00 / 28.11.2021 3001 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qizlarining barvaqt qaytganini ko‘rib otasi ajablanib, ulardan sababini so‘radi.

- Ikkoviga: «Ey qizlarim! Nima narsa sizlarni shoshiltirdi. Bugun ertaroq kelibsizlarmi?» dedi.

- Allohning O‘zi bizga bir solih kishini yetkazdi. U qo‘ylarimizni sug‘orib berdi.

Qizlarining javobini eshitgan chol taajjubga tushdi va bildiki, qo‘ylarni sug‘orib bergan kishi bu yerlik emas. Chunki shu kungacha hali hech kim qizlarga yordam bermagandi.

- U yigitni qaerda qoldirdinglar?

- O‘sha joyda. U boshpanasiz bir musofir odam ekan.

- Qizlarim, sizlar yaxshi ish qilmabsizlar. Bir bechora musofir bizlarga yordam beribdi. Uning bu yerlarda hech kimi yo‘q ekan. Bu kech u qaerda boshpana olib, tunaydi? Biz uni mehmon qilmog‘imiz lozim. Sizlardan biringiz borib uni chaqirib olib keling.

«Bas, ulardan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam seni bizlarga (qo‘ylarimizni) sug‘orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda», dedi».

Duosini Alloh ijobat qilganini, unga boshpana berganini Muso tushundi-da, indamay qizning oldiga tushdi.

Qizga ko‘zi tushib qolmasligi uchun oldinda ketayotgan Muso ulug‘vor qadam tashlardi.

Ular cholning huzuriga kelganlarida, chol Musoning ismi, vatani va nimalar qilib yurgani haqida surishtirdi. Muso boshidan o‘tganlarini birma-bir hikoya qilib berdi.

Musoni jim turib sabr va sukunat bilan oxirigacha tinglab, Muso hikoya qilishdan to‘xtagach qariya dedi:

- «Qo‘rqmagin. Sen zolim qavmdan najot topding».

Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy

Tarjimon Anvar Ahmad

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Musoning onasi emizishni tugatgach, bolani qasrga qaytardi. U saroyda huddi shahzodalardek ulg`aydi. Shu bois shohlar va boybadavlat kimsalar qarshisida esankirash, o`zini yo`qotib qo`yish unga begona edi. Muso Firaposavn va uning ahli qanday nematlar ichida yashayotganiga shaxsan guvoh bo`ldi. давоми...

2515 17:30 / 10.10.2021
Assalom alaykum, men ham Allohning haq Paygambari Muhammad alayhissalom haqlarida sizlarga hikoya qilib bermoqchiman. Avvalo ozimni tanishtiray, men Xandaqman. Ba`zilar meni bilmasligi mumkin. Biz xandaqlar qadimda juda mashhur bolganmiz. Kattakatta shaharlar va qal`alar atrofini dushmanlardan давоми...

2840 14:58 / 24.10.2023
Lekin uzoq davom etgan qullik Bani Isroilga o`z ta`sirini o`tkazgan, ularning xulqatvori va hayotdan zavq olish hissini buzgan edi.Bani Isroil bola tabiatli bo`lib qolgandi. Ular hech bir narsada uzoq vaqt tura olmasdilar. Besabr, beqaror kishilarga aylanishgan edi. Shukri kam, nolishi ko`p, давоми...

1942 16:13 / 24.10.2022
Ey, farzandBomdodni o`qigach, masjiddan chap oyoq bilan chiqiladi va shunday duo qilinadi.Allohim Menga fazlu karaming bilan rahmat eshiklarini och,O`ng oyoq tashqariga olinayotganda shunday niyat qilinadi.Allohim Peshin namozini o`qishimni menga nasib ayla,Peshinni o`qib asrga, asrni o`qib shomga, давоми...

8628 14:02 / 08.11.2018
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021