1447 йил 17 зулқаъда | 2026 йил 04 май, душанба
Минтақа:
ЎЗ UZ RU EN
Жаннат райҳонлари

Kirsam maylimi?

14:40 / 01.04.2019 4735 pdf Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qadrli bolajonlar, bugun siz bilan birovning uyiga yoki xonasiga kirish uchun ruxsat so‘rashni o‘rganamiz. Siz kimningdir xonadoniga borganda kirish uchun, avvalo uy egasini chaqirish kerakligini bilasiz. Eshik ochiq bo‘lsa ham, ichkaridan uy egasini chaqirmasdan kirib ketish mumkin emas. Buni bilasiz-a? Ha, yaxshi, barokalloh! Birovning uyiga chaqirmasdan kirish u yoqda tursin, hatto ko‘z tashlash, «Ichkarida kim bor ekan?» deb qarab qo‘yish ham mumkin emas. Shuning uchun eshikni taqillatish yoki «Ichkariga kirsam maylimi?» deya uy egasini chaqirish kerak bo‘ladi.

Demak, eshik yopiq bo‘lsa ham, ochiq bo‘lsa ham, ichkariga qaramasdan eshikning ro‘parasida emas, balki uning o‘ng yoki chap tomonida turib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosasiz yoki eshikni uy egalari eshitadigan darajada taqillatasiz. Juda qattiq taqillatib, ularni cho‘chitib yubormaysiz. Lekin juda sekin taqillatsangiz ham, ichkaridagilar eshitmasligi mumkin. Istasangiz, eshikni taqillatmay, balandroq ovozda kerakli kishini chaqirishingiz mumkin. Qo‘ng‘iroqni chalib, eshikni taqillatib yoki ovoz chiqarib chaqirish uch marta bo‘ladi, undan ko‘p chaqirish odobsizlik hisoblanadi. Har bir chaqirishning orasida biroz kutib turasiz. Ichkaridan birov «Kim?» deb so‘rasa, ismingizni aytib, o‘zingizni tanishtirasiz. Mabodo, kirishga ruxsat bo‘lmasa, masalan, «Uyda hech kim yo‘q edi» kabi gaplar aytilsa yoki uch marta chaqirganingizda ham javob bo‘lmasa, indamay qaytib ketishingiz kerak, hatto eshik ochiq bo‘lsa ham, kirib ko‘rishingiz mumkin emas.

Xuddi shuningdek, o‘z uyingizda ham ota-onangiz yoki opa-ukalaringiz o‘tirgan yoki yotgan xonaga ruxsatsiz kirish kerak emas. Bunda ham, hozir aytilganidek, yo eshikni taqillatasiz, yo ovoz chiqarib chaqirasiz. Ruxsat berilsagina, kirasiz.

Bolajonlar, biror joyga kirish uchun ruxsat so‘rash nega buncha muhim ekan, deb o‘ylayapsizmi? Masalan, maktabda biror sinfxonaga ruxsat so‘ramay kirsangiz, darsga xalaqit qilishingiz mumkin. Yoki birovning xonadoniga yo o‘z uyingizda kimningdir xonasiga ruxsat so‘ramay kirsangiz, u yerdagilar kiyim almashtirayotgan bo‘lishi yoxud uxlash uchun yotgan bo‘lishi, yo bo‘lmasa, boshqa turli holatlarda turgan bo‘lishi mumkin. Shunda noqulay vaziyat yuzaga keladi. Mana shunday noxush yoki xijolatli holatlarning oldini olish uchun ruxsat so‘rab kirish kerak.

Yana bir gap – ruxsat so‘rasangiz ham, birovning uyiga yoki xonasiga istagan vaqtingizda boravermang. Masalan, namoz vaqtida, ovqatlanish vaqtida yo kech bo‘lib, uyquga yotish vaqti bo‘lganda bormagan ma’qul.

G‘iyosiddin Yusuf

Манба
islom.uz
Мавзуга оид мақолалар
Ey, farzandBomdodni o`qigach, masjiddan chap oyoq bilan chiqiladi va shunday duo qilinadi.Allohim Menga fazlu karaming bilan rahmat eshiklarini och,O`ng oyoq tashqariga olinayotganda shunday niyat qilinadi.Allohim Peshin namozini o`qishimni menga nasib ayla,Peshinni o`qib asrga, asrni o`qib shomga, давоми...

8628 14:02 / 08.11.2018
Ey, farzandBirovga qarz berish sadaqa berishdan afzaldir. Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar.Bir kishining muhtojga qarz berishi sadaqa berishidan o`n sakkiz daraja afzalroqdir,. Ro`za tutish va sadaqa berishni o`ziga nazr qilish xavflidir. Chunki har ikkisini давоми...

36744 11:40 / 30.12.2018
Qizlarining barvaqt qaytganini ko`rib otasi ajablanib, ulardan sababini so`radi. Ikkoviga .Ey qizlarim Nima narsa sizlarni shoshiltirdi. Bugun ertaroq kelibsizlarmi, dedi. Allohning O`zi bizga bir solih kishini yetkazdi. U qo`ylarimizni sug`orib berdi.Qizlarining javobini eshitgan chol taajjubga давоми...

3002 13:00 / 28.11.2021
Ey, farzandZuhd va taqvo sohibi bo`lmoq kerak.Yahyo ibn Muoz deydilarki.Zuhdning ma`nosi ndash dunyo ziynatini tark etmoqdir,.Bu haqda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar.Dunyo sevgisi barcha xatolarning boshidir. Dunyoni zohidlardan boshqasi tark etolmaydi,. Yana Rasululloh давоми...

9959 11:03 / 03.01.2019
Аудиолар

232718 11:58 / 10.10.2018
«Ҳилол» журнали
Китоблар

151256 14:35 / 11.08.2021